Konferensiya
Priority areas for applying artificial intelligence to pedagogical education
Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 24-25-aprel kunlari “Sun'iy intellektni pedagogik ta'limga tadbiq etishning ustivor yo'nalishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda.
Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiya uchun maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Konferensiya sho'balari:
Informatika ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish: adaptiv o‘qitish,
intellektual tizimlar va raqamli didaktika;
Matematika ta’limida sun’iy intellekt asosida tahlil, modellashtirish va muammoli
o‘qitishni rivojlantirish;
Fizika ta’limida sun’iy intellekt: simulyatsiya, virtual laboratoriyalar va
eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish;
Texnologik ta’limda sun’iy intellekt va raqamli ishlab chiqarish: STEM,
robototexnika va innovatsion muhitlar;
Sun’iy intellekt asosida ta’limni transformatsiyalash: raqamli ekotizimlar,
shaxsiylashtirilgan ta’lim va ta’lim menejmenti;
Sun’iy intellektning nazariy va ilmiy asoslari: algoritmlar, modellashtirish, hisoblash
usullari va injenerlik yechimlarini ishlab chiqish.
Har bir maqola uchun DOI raqam beriladi va Google Scholar hamda Open AIRE bazalarida indekslanadi.
Maqola va tezislar @smart_quill_publishing (+998871355453) telegram manzili orqali joriy yilning 1-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun tel: +998871355453
Smart Quill Publishing nashriyoti rasmiy telegram sahifasi (https://t.me/smart_quill)
Informatika ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish: adaptiv o‘qitish, Matematika ta’limida sun’iy intellekt asosida tahlil, Fizika ta’limida sun’iy intellekt: simulyatsiya, Texnologik ta’limda sun’iy intellekt va raqamli ishlab chiqarish: STEM, Sun’iy intellekt asosida ta’limni transformatsiyalash: raqamli ekotizimlar, Sun’iy intellektning nazariy va ilmiy asoslari: algoritmlar
Vol 1 / No 1 / 2026 | 01.05.2026
2 maqola
Archive
Open articles