RAQAMLI ISHLAB CHIQARISH SHAROITIDA BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada raqamli ishlab chiqarish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish istiqbollari tahlil qilinadi. Zamonaviy ishlab chiqarish tizimlarining tez rivojlanishi, jumladan avtomatlashtirish, robototexnika, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda intellektual boshqaruv tizimlarining keng joriy etilishi texnologiya ta’limi mazmunini yangilashni talab etadi. Shu munosabat bilan bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi, innovatsion fikrlashi hamda pedagogik va kasbiy faoliyatda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
adaptiv ta’lim
innovatsion pedagogika
kasbiy tayyorgarlik
raqamli ishlab chiqarish
raqamli kompetensiya
sun’iy intellekt
texnologiya ta’limi
virtual laboratoriya
bo‘lajak o‘qituvchi
simulyatsion dasturlar