Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari

Mazkur “Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug'i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan bo'lib, 2026-yil 23-iyun kuni Namangan davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi tomonidan o'tkazilgan.

1+ Sonlar
228+ Maqolalar
260+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

FRANSUZ TILINI O‘QITISHDA OG‘ZAKILILIK VA DISKURSIV YONDASHUVNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Nashr sanasi
23.06.2026
Jurnal
Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari
Nashr
Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (2026-yil, 23-iyun)
Sahifalar
790-793
DOI
10.5281/zenodo.21212149

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada fransuz tilini o‘qitishda og‘zakililik (oralité) tushunchasi va diskursiv yondashuvning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Unda og‘zakililikning faqat talaffuz, tinglash va gapirish faoliyati bilan cheklanmasligi, balki o‘rganuvchining kommunikativ vaziyatdagi lingvistik, pragmatik, ijtimoiy-madaniy, psixologik hamda noverbal faoliyatini ham qamrab oluvchi yaxlit metodik kategoriya ekani asoslanadi. Shuningdek, maqolada kommunikativ yondashuvdan diskursiv faoliyatga o‘tish zarurati, rolli o‘yinlarning metodik imkoniyatlari, kommunikativ vaziyat, ijtimoiy maqom, institutsional va diskursiv rollar, madaniy kontekst hamda nutqiy strategiyalarni shakllantirish yo‘llari yoritiladi. Og‘zakililik va diskursiv kompetensiyaning o‘zaro aloqasi asosida fransuz tilida talabalarning og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari taklif etiladi.

Kalit so‘zlar

diskurs markerlari diskursiv yondashuv fransuz tili kommunikativ vaziyat og‘zaki nutq kompetensiyasi og‘zakililik oralité pragmatik kompetensiya rolli o‘yin strategik kompetensiya

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Moirand, S. Enseigner à communiquer en langue étrangère. Paris: Hachette.
2. Billières, M. Oral et oralité // Oral et Communication: podcast, épisode 4. – Au son du FLE, 2019. – 8 p.
3. Hymes, D. On Communicative Competence Sociolinguistics, 1972, Harmondsworth: Penguin Books.
4. Lhote É. Pour une didactologie de l’oralité // Éla. Études de linguistique appliquée, 2001, № 123–124, P. 445–453. DOI: 10.3917/ela.123.0445
5. Dolz, J., Schneuwly, B. Pour un enseignement de l’oral: initiation aux genres formels à l’école. Paris: ESF, 6e édition 2016
6. Conseil de l’Europe. Cadre européen commun de référence pour les langues: apprendre, enseigner, évaluer, Paris: Didier,2017
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar