Mazkur maqolada talabalarning tafakkur jarayonlarining yoshga bog‘liq modeli va uning zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda kognitiv rivojlanishning yosh bosqichlari, xususan, Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi asosida tafakkurning konkret fikrlashdan abstrakt va tanqidiy fikrlashga o‘tish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, yosh omilining tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ijro funksiyalari va o‘quv faoliyatiga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Maqolada turli yosh guruhlariga mos pedagogik strategiyalarni qo‘llash zarurati asoslanib, yoshga mos ta’lim yondashuvlari talabalarning kognitiv salohiyati va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan.
Piaget nazariyasi
ijro funksiyalari
kognitiv rivojlanish
pedagogik strategiyalar
tafakkur jarayonlari
tanqidiy fikrlash
ta’lim psixologiyasi
yosh xususiyatlari
yoshga bog‘liq model
zamonaviy ta’lim.