Smart Quill Publishing

Академическая платформа для журналов и конференций

Конференции

Опубликованные конференции с доступными выпусками и материалами.

Текущий
Konferensiya

Приоритетные области применения искусственного интеллекта в педагогическом образовании

Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 24-25-aprel kunlari “Sun'iy intellektni pedagogik ta'limga tadbiq etishning ustivor yo'nalishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya uchun maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Konferensiya sho'balari: Informatika ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish: adaptiv o‘qitish, intellektual tizimlar va raqamli didaktika; Matematika ta’limida sun’iy intellekt asosida tahlil, modellashtirish va muammoli o‘qitishni rivojlantirish; Fizika ta’limida sun’iy intellekt: simulyatsiya, virtual laboratoriyalar va eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish; Texnologik ta’limda sun’iy intellekt va raqamli ishlab chiqarish: STEM, robototexnika va innovatsion muhitlar; Sun’iy intellekt asosida ta’limni transformatsiyalash: raqamli ekotizimlar, shaxsiylashtirilgan ta’lim va ta’lim menejmenti; Sun’iy intellektning nazariy va ilmiy asoslari: algoritmlar, modellashtirish, hisoblash usullari va injenerlik yechimlarini ishlab chiqish. Har bir maqola uchun DOI raqam beriladi va Google Scholar hamda Open AIRE bazalarida indekslanadi. Maqola va tezislar @smart_quill_publishing (+998871355453) telegram manzili orqali joriy yilning 1-may kuniga qadar qabul qilinadi. Qo'shimcha ma'lumot uchun tel: +998871355453 Smart Quill Publishing nashriyoti rasmiy telegram sahifasi (https://t.me/smart_quill)