Maqolada rus va o‘zbek xalq ertaklaridagi personajlarning nominatsion zanjirlari matnni tashkil etish va qahramonni dinamik tavsiflash vositasi sifatida tadqiq etiladi. Personaj nomining o‘zgarishi syujet rivoji, ijtimoiy yoki qarindoshlik rolini almashtirish, tashqi qiyofaning o‘zgarishi, so‘zlovchi nuqtayi nazarining almashishi, shuningdek, qahramonning yangi maqom yoki xususiyatga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Rus ertaklarida sehrli o‘zgarish va personajlarning qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liq nominatsion o‘tishlar alohida ahamiyat kasb etsa, o‘zbek ertaklarida ijtimoiy-rol, maqom va obro‘-e’tibor bilan bog‘liq takroriy nominatsiyalar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot natijasida nominatsion zanjir identifikatsiyalash, matnni shakllantirish, xarakterlash hamda syujet-dinamik funksiyalarni bajarishi aniqlandi.
antroponim
matnni shakllantirish funksiyasi
nominativ qator
nominatsion zanjir
nominatsiya
o‘zbek ertagi
personaj
qiyosiy tahlil.
rus ertagi
takroriy nominatsiya
xalq ertagi