Maqolada O‘zbekiston hududlarida unumli ish bilan bandlikni kompleks baholash metodikasi taklif etilgan. Metodika rasmiy ish bilan bandlik, ish o‘rnining barqarorligi, mehnat daromadliligi, ijtimoiy kafolatlar, malakaning ish joyiga mosligi, mehnat unumdorligi, mehnat xavfsizligi hamda ish bilan bandlikning kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini birlashtiradi. 2020–2025-yillardagi mehnat bozori ko‘rsatkichlari va 2025-yil bo‘yicha hududlar kesimidagi ochiq ma’lumotlar asosida indeksning sinov moduli hisoblangan. Indeksni hududiy dasturlar, kadrlar tayyorlash buyurtmasi va hokimliklar faoliyatini natijadorlik asosida baholashga joriy etish taklif etiladi
daromad
hududiy mehnat bozori
inson kapitali
integral indeks
ish o‘rni sifati
mehnat unumdorligi
norasmiy ish bilan bandlik
unumli ish bilan bandlik