INGLIZ TILIDA RANG-TUSNI IFODALOVCHI SIFATLARDAN HOSIL BO‘LGAN IBORALARNING LINGVOMADANIY QIYOSIY TAHLILI
Дата публикации
14.10.2026
Журнал
Filologiyaning dolzarb masalalari
Выпуск
“Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Страницы
1259-1263
Авторы
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida rang-tusni ifodalovchi sifat komponentlari asosida shakllangan frazeologik va turg‘un birikmalarning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Rang bildiruvchi leksemalarning frazeologik birliklar tarkibida qo‘llanishi ularning nominativ vazifasi bilan cheklanib qolmay, muayyan xalqning milliy-madaniy tajribasi, dunyoni idrok etish modeli, mentaliteti, qadriyatlari va tarixiy tasavvurlarini ham aks ettirishi aniqlanadi. Tadqiqotda, xususan, ingliz tilidagi white komponentli birliklar semantik, konnotativ va lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi hamda ularning o‘zbek tilidagi muqobillari bilan qiyoslanadi. Tahlil natijalari white rang leksemasining ingliz tilida nafaqat “oq rang” ma’nosini, balki poklik, ezgulik, beg‘arazlik, taslim bo‘lish, qutqaruv va ayrim holatlarda ortiqcha yoki iqtisodiy jihatdan foydasiz mulk kabi konnotativ ma’nolarni ham ifodalashini ko‘rsatadi. Rang komponentining frazeologik semantikadagi funksiyasi milliy-madaniy kontekst bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ayni rang turli lingvomadaniy makonlarda bir-biridan farqli assotsiativ mazmun kasb etishi mumkin.
Ключевые слова
frazeologik birlik
frazeologizm
rang-tus bildiruvchi sifat
rang komponenti
lingvokulturologiya
lingvomadaniyat
milliy-madaniy konnotatsiya
semantik struktura
frazeologik semantika
qiyosiy tahlil
metaforik ma’no
konnotatsiya
Список литературы
1. Maslova, V. A. Lingvokulturologiya. – Moskva: Academia, 2001.
2. Lebedya, L. Ustoychivye sravneniya russkogo yazyka v frazeologii i frazeografii: avtoref. diss. ... dokt. filol. nauk. – Krasnodar, 1999.
3. Xolmatova, M. I. Ingliz va o‘zbek tillaridagi sifat komponentli iboralarning lingvokulturologik qiyosiy tahlili // Academic Research in Educational Sciences. – 2021. – Vol. 2, Issue 12. – B. 1391–1397.
4. Xolmatova, M. I. Ingliz va o‘zbek tillaridagi adjektiv komponentli komparativ frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili // Science Problem.uz. – 2023. – № 5(3). – B. 161–166.
5. Mahmudov, N., Xudayberganova, D. O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2013.
6. Xolmatova, M. I. Umumta’lim maktablari ingliz tili darslarida til ko‘nikmalarini rivojlantirish // Science and Education. – 2022. – Vol. 3, No. 2. – B. 999–1005.