Maqolada rus xalq ertaklaridagi antroponimlarning tipologiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, folklor matnida antroponimlar nafaqat nomlash, balki xarakterlash, baholash va tiplashtirish funksiyalarini ham bajaradi. Ishning maqsadi rus xalq ertaklarida uchraydigan antroponimlarning asosiy turlarini aniqlash va tavsiflashdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, semantik, kontekstual va tipologik metodlardan foydalanilgan. Natijada rus xalq ertaklaridagi antroponimlarni strukturaviy, semantik va funksional belgilariga ko‘ra tasniflash mumkinligi aniqlandi.
antroponim
folklor
onomastika
personaj.
rus xalq ertagi
semantika
tipologiya