Ta'lim falsafasida tarixiylik va zamonaviylik tendensiyalari: ta’lim, bilim, metodlar

Mazkur Respublika ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘iga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2026-yilda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq, 2026-yil 20-may kuni Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

1+ Sonlar
75+ Maqolalar
78+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA KO‘P MA’NOLILIK HODISASINING IFODALANISHI VA SEMANTIK FARQLARI

Nashr sanasi
20.06.2026
Jurnal
Ta'lim falsafasida tarixiylik va zamonaviylik tendensiyalari: ta’lim, bilim, metodlar
Nashr
Ta'lim falsafasida tarixiylik va zamonaviylik tendensiyalari: ta'lim, bilim, metodlar
Sahifalar
399-402
DOI
10.5281/zenodo.21216454

Mualliflar

Annotatsiya

: Ushbu tezisda o‘zbek va ingliz tillarida ko‘p ma’nolilik hodisasining yuzaga kelish omillari, ifodalanish shakllari va semantik farqlari kontrastiv yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ko‘p ma’nolilik til birliklarining birlamchi ma’no doirasidan chiqib, yangi kontekstlarda qo‘shimcha semantik yuk kasb etishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda o‘zbek va ingliz tillaridagi ayrim ko‘p ma’noli leksemalar qiyosiy tahlil qilinib, ularning semantik kengayishi, metaforik va metonimik ko‘chishi, milliy-madaniy omillar bilan bog‘liq xususiyatlari aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda ko‘p ma’nolilik umumiy semantik qonuniyatlarga tayansa-da, uning ifodalanishida milliy tafakkur, madaniy tajriba va kontekstual qo‘llanish muhim farqlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi

Kalit so‘zlar

ingliz tili kontrastiv tahlil ko‘p ma’nolilik leksik semantika metafora metonimiya o‘zbek tili polisemiya semantik farq

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Апресян Ю.Д. Лексическая семантика: синонимические средства языка. — Москва: Наука, 1974. — 367 с.
2. Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка. — Москва: Высшая школа, 1986. — 295 с.
3. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. — Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2002. — 168 б.
4. Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. — Тошкент: Университет, 2006. — 464 б.
5. Cruse D.A. Lexical Semantics. — Cambridge: Cambridge University Press, 1986. — 310 p.
6. Lyons J. Semantics. Vol. 1. — Cambridge: Cambridge University Press, 1977. — 371 p.
7. Palmer F.R. Semantics. — Cambridge: Cambridge University Press, 1981. — 221 p.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar