QIRGʻIZ XALQINING ANʼANAVIY MADANIYATIDA DEHQONCHILIKNING DUNYOQARASH ASOSLARI: DONLI EKINLAR YETISHTIRISH MISOLI
Ushbu maqolada qirg‘iz xalqining an’anaviy xo‘jaligida dehqonchilikning o‘rni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda don ekinlarining qirg‘izlar turmush tarzidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda qirg‘izlar nafaqat ko‘chmanchi, balki yarim ko‘chmanchi va o‘troq xo‘jalik yuritish an’analariga ham ega bo‘lganligi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda qirg‘izlarning dehqonchilik madaniyatining shakllanishi, sug‘orish tizimlarining rivojlanishi va yerga ishlov berish usullari haqida ma’lumotlar beriladi. Maqolada don ekinlarining turlari, ularni yetishtirish, urug‘ sepish, hosil yig‘ib olish hamda donni qayta ishlashda qo‘llanilgan mehnat qurollari keng yoritilgan. Shuningdek, don mahsulotlaridan tayyorlangan milliy taomlarning turlari, ularning tayyorlanish xususiyatlari va xalqning ovqatlanish madaniyatidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, don ekinlari bilan bog‘liq urf-odatlar, marosimlar, xalqona tasavvurlar va ularning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi qirg‘iz xalqining an’anaviy dehqonchilik madaniyatini, don ekinlari bilan bog‘liq xo‘jalik va madaniy merosini ilmiy asosda yoritish hamda ularning bugungi kundagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
an’anaviy xo‘jalik
dehqonchilik
don ekinlari
madaniy meros
marosimlar
milliy taomlar
qirg‘izlar
sug‘orish tizimi
urf-odatlar
yerga ishlov berish