MILLIY XOSLANGAN LISONIY BIRLIKLARNI TIL KORPUSIDA TEGLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Nashr sanasi
25.08.2026
Jurnal
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Nashr
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Sahifalar
645-647
Mualliflar
Annotatsiya
Korpus tilning real kommunikativ amaliyotdagi holatini namoyon etishi lozim. Korpus reprezentativ bo‘lishi uchun u tilning turli registrlari, janrlari, kommunikativ vaziyatlari va funksional uslublarini mutanosib ravishda qamrab olishi shart. Ya’ni korpusning reprezentativlik darajasi tanlovning sifat ko‘rsatkichlariga bevosita bog‘liqdir – millionlab so‘zlardan iborat korpus ham noto‘g‘ri tanlangan material asosida tuzilgan bo‘lsa, reprezentativ hisoblanmaydi. Aksincha, metodologik jihatdan puxta tanlangan nisbatan kichik korpus ishonchli natijalar berishi mumkin. Korpus tarkibiga kiritiladigan matnlar maqsadli tanlov, sathli tanlov, tasodifiy tanlov yoki kombinatsiyalashgan tanlov usullari asosida shakllantirilishi mumkin. Sathli tanlov usulo matnlarni oldindan belgilangan parametrlar janr, davr, muallif, auditoriya, kommunikativ vazifa, geografik hudud va boshqa mezonlar asosida mutanosib taqsimlash imkonini berishi statistik jihatdan aniq xulosalar shakllantirishda muhim xususiyat hisoblanadi. Korpus tarkibidagi turli tipdagi matnlarning nisbiy ulushi ilmiy asoslangan mezonlarga muvofiq taqsimlanishi uning muvozanatliligini anglatadi.
Kalit so‘zlar
Muvozanatlilik
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abjalova M. O‘zbek tili milliy korpusida so‘zshaklni leksikografik baza asosida qidiruv imkoniyatlari // “Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar” Respublika I ilmiy-texnikaviy konferensiyasi. – 2021. – B. 12–17.
2. Biber D. Representativeness in Corpus Design // Literary and Linguistic Computing. – 1993. – Vol. 8, No. 4. – P. 243–257.
3. McEnery T., Hardie A. Corpus Linguistics: Method, Theory and Practice. – Cambridge: Cambridge University Press, 2012. – 294 p.
4. Po‘latov A. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2011. – 160 b.
5. Sinclair J. Corpus, Concordance, Collocation. – Oxford: Oxford University Press, 1991. – 179 p.
6. Zaxarov V., Mengliyev B., Xamroyeva Sh., Xoliyorov O‘. Korpus lingvistikasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2021. – 164 b