INGLIZ VA O‘ZBEK BIZNES MUZOKARALARIDA TAKLIF VA QARSHI TAKLIFNING KOMMUNIKATIV-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Nashr sanasi
25.08.2026
Jurnal
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Nashr
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Sahifalar
1071-1072
Mualliflar
Annotatsiya
Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek biznes muzokaralarida taklif va qarshi taklifning kommunikativ-funksional xususiyatlari qiyosiy-diskursiv nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Taklif muzokara predmetiga muayyan shart yoki yechimni olib kiruvchi kommunikativ harakat sifatida, qarshi taklif esa dastlabki taklifni to‘liq rad etmasdan, uning ayrim parametrlarini o‘zgartirish orqali muqobil variantni ilgari suruvchi harakat sifatida talqin etiladi. Tahlil taklif va qarshi taklif o‘rtasidagi funksional munosabat muzokaraning keyingi yo‘nalishini belgilashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Ingliz va o‘zbek materiallarida mazkur kommunikativ harakatlarning umumiy funksional jihatlari bilan birga, ularning lisoniy ifodalanishida muayyan farqlar ham kuzatiladi
Kalit so‘zlar
qiyosiy tahlil
biznes diskursi
biznes muzokarasi
taklif
qarshi taklif
kommunikativ funksiya
ingliz va o‘zbek tillari
Foydalanilgan adabiyotlar
Choi, T. H. (2018). Discourse Analysis of Business Chinese and the Comparison of Negotiation Culture between Korea and China: Focused on Business Emails Related to “Napkin Holder” Imports. Cross-Cultural Studies, 50, 103–130.
Malyuga, E. N. (2009). К вопросу о языке деловых переговоров как жанре межкультурной деловой коммуникации. Вестник Российского университета дружбы народов. Серия: Лингвистика, № 3, 52–60.
Charles, M. (1996). Business Negotiations: Interdependence between Discourse and the Business Relationship. English for Specific Purposes, 15(1), 19–36.