FONETIKA TIZIMIDA TOVUSH VA HARF MASALASI
Nashr sanasi
30.07.2026
Jurnal
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Nashr
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Sahifalar
455-470
Mualliflar
Annotatsiya
Maqolada umumturkiy alifbo masalasining tarixiy ildizlari, 1926-yil Boku turkologiya qurultoyi, Samarqand konferensiyasi hamda 2023–2024-yillardagi Ostona, Almati va Boku komissiya yig‘ilishlari tahlil qilinadi. Muallif turkiy xalqlar uchun lotin asosidagi 34 harfli umumiy alifbo loyihasi, “bir tovushga bir harf” tamoyili va uni qabul qilish jarayonini yoritadi. Shuningdek, 2026-yilgacha mo‘ljallangan uch yillik harakatlar rejasi va konsensusga erishish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada umumturkiy alifboning o‘zbek alifbosini takomillashtirishdagi imkoniyatlari, xususan, [Öö], [Õõ], [Şş], [Çç], [Ğğ], [Ññ] harflarining ahamiyati ko‘rsatiladi. O‘zbek tilidagi [h]–[x], [o‘]–[u], [i]–[e] tovushlari chalkashligi, sheva ta’siri, darsliklar va fonetik mashqlar masalalari ham muhokama qilinadi. A. Fitrat, M. Mirtojiyev, F. Kamolov va S. Ibrohimov qarashlariga murojaat qilinadi. Xulosada umumturkiy alifboning qardosh xalqlar yozuvini yaqinlashtirish, ilmiy-madaniy aloqalarni kuchaytirish va umumiy terminologiya shakllantirishdagi ahamiyati hamda talaffuz me’yorlarini mustahkamlashda fonetik mashqlarning zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar
34 harfli alifbo
Boku turkologiya qurultoyi
Samarqand konferensiyasi
[h]–[x] undoshlari
[i]–[e] unlilari
[o‘]–[u] unlilari
alifbo islohoti
bir tovushga bir harf
fonetik mashqlar
fonetika
lotin alifbosi
ona tili darsliklari
o‘zbek alifbosi
sheva ta’siri
talaffuz me’yorlari
turkiy xalqlar
umumturkiy alifbo
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Миртожиев М. Ўзбек тили фонетикаси. – Т.: Фан, 2013.
2. Абдуазизов А.А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. –T.: –Б.36.
3. Решетов В.В. Узбекский язык. I Фонетика. Ташкент: Учпедгиз, 1959. – 357 c.
4. Nabiyeva D., Zokirova H.O‘zbek tili fonetikasi o‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Andijon: 2016. –B. 36.
5. Бонк Н. А., Котий Г. А., Лукянова Н. А. Учебник английского языка. – М.: Деконт,1999. – С.7.
6. Ғ.Ҳамроев Она тили ўқитишнинг самарали усуллари. Ўқитувчилар учун методик қўллама. –Тошкент: Баёз нашриёти, 2018. –197 б.
7. Умаров Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилида унлиларни таснифлаш масаласига доир. //Ўзбек тили ва адабиёти. №2. 1995. –Б. 52-53.
8. Усмонова Ў. Талаффуз маданияти. –Т.: Фан, 1976.