Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 24-25-aprel kunlari “Sun'iy intellektni pedagogik ta'limga tadbiq etishning ustivor yo'nalishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda.
Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiya uchun maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
✅Konferensiya sho'balari:
- Informatika ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish: adaptiv o‘qitish,
intellektual tizimlar va raqamli didaktika;
- Matematika ta’limida sun’iy intellekt asosida tahlil, modellashtirish va muammoli
o‘qitishni rivojlantirish;
- Fizika ta’limida sun’iy intellekt: simulyatsiya, virtual laboratoriyalar va
eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish;
- Texnologik ta’limda sun’iy intellekt va raqamli ishlab chiqarish: STEM,
robototexnika va innovatsion muhitlar;
- Sun’iy intellekt asosida ta’limni transformatsiyalash: raqamli ekotizimlar,
shaxsiylashtirilgan ta’lim va ta’lim menejmenti;
- Sun’iy intellektning nazariy va ilmiy asoslari: algoritmlar, modellashtirish, hisoblash
usullari va injenerlik yechimlarini ishlab chiqish.
Har bir maqola uchun DOI raqam beriladi.
Maqolalar quyidagi ba’zalarda indekslanadi:
– Google scholar;
– Zenodo doi;
– Open AIRE;
– smartquillpublishing.uz
Maqola va tezislar @smart_quill_publishing (+998871355453) telegram manzili orqali joriy yilning 1-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun tel: +998871355453
Smart Quill Publishing nashriyoti rasmiy telegram sahifasi: https://t.me/smart_quill