“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.

Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni “Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2+ Выпуски
171+ Статьи
182+ Участники
Oʻzbekcha

VIRTUAL NAMOYISHKORLIK MADANIYATI VA OILA DAXLSIZLIGI: SIR SAQLASH QADRIYATINING FALSAFIY TALQINI

Дата публикации
30.07.2026
Журнал
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Выпуск
Республиканская научно-практическая конференция «Инновации, интеграция и проблемы современного образования в научной деятельности молодых исследователей и студентов»
Страницы
568-571
DOI
10.5281/zenodo.23402513

Авторы

Аннотация

Maqolada ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida shakllanayotgan virtual namoyishkorlik madaniyati va uning oilaviy daxlsizlik, sir saqlash hamda milliy axloqiy qadriyatlarga ta’siri falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Yu. Xabermasning ommaviy va xususiy makonlar haqidagi qarashlari, E. Gofmanning ijtimoiy hayot sahnasi konsepsiyasi, G. Deborning tomosha jamiyati va Byung-Chxol Xanning shaffoflik jamiyati haqidagi nazariyalari asosida oilaviy hayotning raqamli muhitda ommalashuvi yoritiladi. Shuningdek, oilaviy munosabatlarni namoyish etish, farzandlarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish, oilalararo taqqoslash va oilaviy nizolarni ommaga olib chiqish bilan bog‘liq axloqiy muammolar ko‘rib chiqiladi. Sir saqlash qadriyatini mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari hamda inson huquqlarini himoya qilish zarurati hisobga olinib, oila daxlsizligi va shaxsiy huquqlar o‘rtasidagi muvozanat asoslanadi. Yakunda an’anaviy sir saqlash qadriyatini zamonaviy sharoitda raqamli daxlsizlik madaniyati sifatida qayta talqin qilish taklif etiladi.

Ключевые слова

bolalarning raqamli huquqlari. ijtimoiy tarmoqlar milliy qadriyatlar oila daxlsizligi raqamli daxlsizlik shaffoflik jamiyati sir saqlash tomosha jamiyati virtual namoyishkorlik xususiy makon

Версии на других языках

English
This article presents a philosophical analysis of virtual exhibitionism shaped by social media and its impact on family privacy, the preservation of family secrets, and traditional moral values. Drawing on Jürgen Habermas’s distinction between the public and private spheres, Erving Goffman’s dramaturgical approach to social interaction, Guy Debord’s concept of the society of the spectacle, and Byung-Chul Han’s theory of the transparency society, the study examines the public display of family life in the digital environment. Particular attention is given to ethical issues arising from the publication of family relationships and children’s personal information, comparisons between families, and the disclosure of family conflicts to the public. Recognizing both the potential harms of treating family secrecy as an absolute principle and the importance of protecting human rights, the article emphasizes the need to balance family privacy with individual rights. Finally, it proposes reinterpreting the traditional value of preserving family secrets as a culture of digital privacy adapted to contemporary conditions.
children’s digital rights. digital privacy family privacy family secrecy national values private sphere social media society of the spectacle transparency society virtual exhibitionism

Список литературы

1. Habermas J. Strukturwandel der Öffentlichkeit. – Neuwied: Luchterhand, 1962.
2. Goffman E. The Presentation of Self in Everyday Life. – New York: Doubleday, 1959.
3. Debord G. La Société du spectacle. – Paris: Buchet-Chastel, 1967.
4. Han B.-C. Transparenzgesellschaft. – Berlin: Matthes & Seitz, 2012.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – Toshkent, 1998.