UCH TILLI QIYOS: INGLIZ, O‘ZBEK VA RUS TILLARIDA ENANTIOSEMIYA
Дата публикации
14.10.2026
Журнал
Filologiyaning dolzarb masalalari
Выпуск
“Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Страницы
1210-1213
Авторы
Аннотация
Mazkur tezisda ingliz, o‘zbek va rus tillarida enantiosemiya hodisasining shakllanish xususiyatlari, semantik mexanizmlari hamda leksik, frazeologik va grammatik-konstruksion darajalarda namoyon bo‘lishi qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda enantiosemik birliklarning sinxronik va diaxronik xususiyatlari, ularning yuzaga kelishida semantik taraqqiyot, metafora, metonimiya va kontekstual omillarning o‘rni yoritiladi. Ingliz, o‘zbek va rus tillariga oid leksik birliklar asosida enantiosemiyaning universal hamda muayyan tilga xos jihatlari aniqlashtiriladi. Qiyosiy tahlil natijasida uch tilda ushbu hodisaning shakllanish mexanizmlari o‘xshash bo‘lsa-da, uning til tizimidagi namoyon bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi asoslanadi. Tadqiqot natijalarining tarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslik va leksikografiya sohalari uchun nazariy-amaliy ahamiyati ochib beriladi.
Ключевые слова
enantiosemiya
kontronimiya
avtoantonimiya
qiyosiy-tipologik tahlil
ingliz tili
o‘zbek tili
rus tili
semantik taraqqiyot
sinxronik tahlil
diaxronik tahlil
Список литературы
1. Hojiyev, A. (2002). Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. Toshkent: Fan.
2. Klégr, A. (2013). On contronymy and enantiosemy in English.
3. Krysin, L. P. (2008). Sovremennyi russkiy yazyk. Aktivnye protsessy na rubezhe XX-XXI vekov. Moskva: Yazyki slavyanskikh kul’tur, 60-69.
4. Litvinova, E. A. (2012). K voprosu o produktivnosti enantiosemii (na materiale russkogo i angliyskogo yazykov). Nauchnye vedomosti Belgorodskogo gosudarstvennogo universiteta.
5. Matthews, P. H. (1997). The concise Oxford dictionary of linguistics. Oxford: Oxford University Press.
6. Nurmonov, A. (2021). So‘z mulkiga sayr. Toshkent: Ziyouz nashri.
7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati (2020). 1-jild. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
8. Povstyanaya, I., Kosareva, A., Gavrikova, Y., Arkhipova, M., & Belova, E. (2019). Enantiosemy in English language teaching. European Proceedings of Social and Behavioural Sciences, 434-441.
9. Shmelev, A. D. (2016). Semantic shifts as source of enantiosemy. In P. Juvonen & M. Koptjevskaja-Tamm (Eds.), The lexical typology of semantic shifts (pp. 67-95). Berlin: Walter de Gruyter.
10. Sputnik Uzbek (2023, 25-avgust). Bahosiz, kir, o‘r va dori - qiziq tarixli so‘zlar.