THE ARTISTIC RECONSTRUCTION OF THE SELF THROUGH PERSONAL MEMORY AND HISTORICAL TRUTH IN PARK WAN-SUH’S AUTOBIOGRAPHICAL NOVELS
Mazkur maqolada Pak Vansoning “Shuncha shinganing gulini kim yegan?” hamda “Tog‘ chindan ham o‘sha yerda bo‘lganmi?” avtobiografik romanlari zamonaviy avtobiografiya nazariyalari nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini Filipp Lejenning avtobiografik pakt konsepsiyasi, Sidoni Smit va Juliya Uotsonning avtobiografik “Men” haqidagi qarashlari, Judit Batlerning subyektivlik nazariyasi, Pol de Manning til va avtobiografiyaga oid yondashuvi, Serj Dubrovskiyning autofiksiya konsepsiyasi, Mixail Baxtinning ekzotopiya nazariyasi, Lidiya Ginzburgning «uchinchi reallik» konsepsiyasi hamda Keti Karutning travma nazariyasi tashkil etadi. Tadqiqot natijalari Pak Vanso badiiy rivoyat vositasida shaxsiy xotirani qayta qurishini hamda individual tajribani mustamlakachilik, urush va milliy bo‘linish ta’sirida shakllangan Koreya xalqining kollektiv tarixiy xotirasi bilan uyg‘unlashtirishini ko‘rsatadi
Koreya urushi
Pak Vanso
autofiksiya
avtobiografik pakt
avtobiografik roman
ekzotopiya
tarixiy xotira
travma
uchinchi reallik
xotira