TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MUSTAQIL TA’LIM KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Дата публикации
25.08.2026
Журнал
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Выпуск
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Страницы
794-795
Авторы
Аннотация
Ushbu tezisda ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining (BIO‘) mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish muammosi nazariy-metodologik jihatdan yoritilgan. Mustaqil ta’limning pedagogik hodisa sifatidagi mohiyati, uning BIO‘ kasbiy shakllanishidagi ikki tomonlama xarakteri (tilni mustaqil egallash va uni o‘qitish metodikasini mustaqil o‘zlashtirish) hamda motivatsion, kognitiv, texnologik-amaliy va reflektiv komponentlardan iborat tuzilishi asoslangan. Raqamli ta’lim muhitining mustaqil ta’limni individuallashtirish, avtonomiyani kuchaytirish va yangi pedagogik xavflarni (axborot ortiqchaligi, sun’iy intellektga bog‘liqlik) keltirib chiqarishdagi o‘rni tahlil qilindi. Tadqiqotning metodologik asosini dialektik, tizimli, kompetensiyaga asoslangan, faoliyatga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan va muhitli yondashuvlar tashkil etadi
Ключевые слова
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi
metakognitsiya
o‘quvchi avtonomiyasi
raqamli kompetensiya
ta’limni raqamlashtirish
Список литературы
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – Toshkent, 2020.
2. Knowles M.S. Self-Directed Learning: A Guide for Learners and Teachers. – Chicago: Follett Publishing Company, 1975. – 135 p. – B.18.
3. Пидкасистый П.И. Самостоятельная познавательная деятельность школьников в обучении: теоретико-экспериментальное исследование. – М.: Педагогика, 1980. – 240 с. – B.26.
4. Holec H. Autonomy and Foreign Language Learning. – Oxford: Pergamon Press / Council of Europe, 1981. – B.3.
5. Benson P. Teaching and Researching Autonomy in Language Learning. – Harlow: Longman/Pearson Education, 2001. – 260 p. – B.47.
6. Zimmerman B.J. Self-Regulated Learning and Academic Achievement: An Overview // Educational Psychologist. – 1990. – Vol. 25, No. 1. – P. 3-17.
7. Flavell J.H. Metacognition and Cognitive Monitoring: A New Area of Cognitive-Developmental Inquiry // American Psychologist. – 1979. – Vol. 34, No. 10. – P. 906-911. – B.906.