“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.

Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni “Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2+ Выпуски
126+ Статьи
138+ Участники
Oʻzbekcha

SHUKUR XOLMIRZAEV ASARLARIDA TILNING XALQONA VA FALSAFIY QIRRALARI

Дата публикации
30.07.2026
Журнал
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Выпуск
Республиканская научно-практическая конференция «Инновации, интеграция и проблемы современного образования в научной деятельности молодых исследователей и студентов»
Страницы
123-128
DOI
10.5281/zenodo.21525402

Авторы

Аннотация

Mazkur maqolada Shukur Xolmirzaev asarlarida xalqona va falsafiy tilning lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Yozuvchining hikoya, qissa va romanlarida xalqona leksika, maqol va matallar, og‘zaki nutq unsurlari, milliy mentalitet hamda falsafiy mushohadalarning badiiy ifodasi yoritiladi. Tadqiqotda xalqona tilning qahramon xarakterini ochish, psixologik tasvirni kuchaytirish, milliy koloritni yaratish va voqelikni realizm asosida aks ettirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Xolmirzaev ijodida falsafiy nutqning xalqona tafakkur bilan uyg‘unlashuvi, ichki monolog, sukut poetikasi va tabiat tasvirlari orqali inson ruhiyati hamda mavjudlik masalalarining badiiy talqini tahlil etiladi. Muallifning lingvopoetik mahorati xalqona va falsafiy qatlamlarning uzviy birligi asosida zamonaviy o‘zbek nasrining estetik xususiyatlarini namoyon etishi bilan izohlanadi.

Ключевые слова

Shukur Xolmirzaev badiiy nutq falsafiy til ichki monolog lingvopoetika milliy mentalitet o‘zbek nasri psixologizm qahramon nutqi realizm tabiat tasviri xalqona til

Версии на других языках

Русский
В данной статье анализируются лингвопоэтические особенности народно-разговорного и философского языка в произведениях Шукура Холмирзаева. Рассматриваются художественные функции народной лексики, пословиц и поговорок, элементов устной речи, национального менталитета, а также философских размышлений в рассказах, повестях и романах писателя. Особое внимание уделяется роли народного языка в раскрытии характера персонажей, усилении психологизма, создании национального колорита и реалистическом изображении действительности. Кроме того, исследуется органичное сочетание философской речи с народным мировосприятием, а также художественная интерпретация внутреннего мира человека и экзистенциальных проблем посредством внутреннего монолога, поэтики молчания и пейзажных описаний. Лингвопоэтическое мастерство автора раскрывается через органическое единство народно-разговорного и философского языковых пластов, определяющих эстетическое своеобразие современной узбекской прозы.
Шукур Холмирзаев внутренний монолог лингвопоэтика народно-разговорный язык национальный менталитет пейзаж психологизм реализм речь персонажей узбекская проза философский язык художественная речь
English
This article examines the linguopoetic features of folk and philosophical language in the works of Shukur Kholmirzaev. It explores the artistic functions of folk vocabulary, proverbs and sayings, elements of oral speech, the national mentality, and philosophical reflections in the writer’s short stories, novellas, and novels. The study highlights the role of folk language in revealing characters, strengthening psychological portrayal, creating a national cultural atmosphere, and representing reality within the framework of realism. It also analyzes the harmonious integration of philosophical discourse with folk worldview, as well as the artistic interpretation of the human inner world and existential issues through interior monologue, the poetics of silence, and descriptions of nature. The article concludes that Kholmirzaev’s linguopoetic mastery is manifested in the organic unity of folk and philosophical language, which constitutes one of the defining aesthetic features of modern Uzbek prose.
Shukur Kholmirzaev Uzbek prose character speech folk language interior monologue linguopoetics literary discourse national mentality nature imagery philosophical language psychologism realism

Список литературы

1. Xalmirzaev Sh. Tanlangan asarlar. — Toshkent: Yozuvchi, turli yillar.
2. Mamajonov Z. Shukur Xolmirzaev ijodining badiiy olami. — Toshkent: Akademnashr, 2010.
3. Abdullaєv X. O‘zbek nasrida til va badiiy tafakkur masalalari. — Toshkent: Fan, 2005.
4. Qodirov M. O‘zbek hikoyachiligida xalqona obrazlar. — Samarqand: SamDU nashri, 2012.
5. Saidov U. Yozuvchi uslubi va xalqona nutq poetikasi. — Toshkent: Universitet, 2018.
6. Yusupov N. O‘zbek adabiyotida falsafiy tafakkur evolyutsiyasi. — Toshkent: Ma’naviyat, 2009.
7. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Xalmirzaev haqida maqola.