Filologiyaning dolzarb masalalari

Mazkur anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan bo'lib, Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan 2026-yil 13-14-oktabr kunlari o'tkazilgan.

1+ Выпуски
223+ Статьи
231+ Участники
Oʻzbekcha

O‘ZBEK NOMSHUNOSLIGI: SHAKLLANISH TARIXI, TARAQQIYOT BOSQICHLARI, NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI

Дата публикации
14.10.2026
Журнал
Filologiyaning dolzarb masalalari
Выпуск
“Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Страницы
1033-1038
DOI
10.5281/zenodo.24077035

Авторы

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek nomshunosligining shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari, nazariy-metodologik asoslari va zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilingan. O‘zbek nomshunosligining tarixiy manbalari, XX asrda mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishi hamda istiqlol davridagi taraqqiyot xususiyatlari yoritilgan. E.Begmatovning antroponimika, umumiy onomastika, onomastik terminologiya va leksikografiya sohalaridagi, S.Qorayevning toponimikadagi, N.Oxunovning toponimlarning nomlanish xususiyatlari va hududiy toponimiyaga oid, N.Uluqovning gidronimiya va tarixiy-lisoniy onomastika sohasidagi tadqiqotlari tahlil etilgan. Shuningdek, nomshunoslikning nazariy yutuqlari, davlat boshqaruvi, kartografiya, tarix, geografiya, madaniyat va taʼlimdagi amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan. Sohaning mavjud muammolari va istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, raqamli onomastika, onomastik korpus, geografik axborot tizimlari va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.

Ключевые слова

nomshunoslik onomastika antroponim toponim gidronim oykonim etnonim mikrotoponim onomastik ko‘lam onomastik terminologiya toponimika antroponimika raqamli onomastika

Версии на других языках

Русский
В статье рассматриваются история формирования узбекской ономастики, основные этапы её развития, теоретические основы и практическое значение. Анализируются научные исследования Э.Бегматова, С.Кораева, Н.Охунова и Н.Улугова в области антропонимии, топонимии, гидронимии, ономастической терминологии и исторической ономастики. Особое внимание уделяется теоретическим достижениям узбекской ономастики, её роли в изучении национально-культурного наследия, истории, географии, картографии и образования. Определяются актуальные проблемы и перспективные направления развития отрасли, связанные с цифровой ономастикой, ономастическими корпусами, геоинформационными технологиями и искусственным интеллектом.
ономастика антропоним топоним гидроним ойконим этноним микротопоним топонимика антропонимика ономастическая терминология цифровая ономастика
English
This article examines the history, stages of development, theoretical foundations and practical significance of Uzbek onomastics. The research activities of E.Begmatov, S.Qorayev, N.Okhunov and N.Ulukov in anthroponymy, toponymy, hydronymy, onomastic terminology and historical onomastics are comparatively analyzed. Particular attention is paid to the theoretical achievements of Uzbek onomastics and its practical role in studying national cultural heritage, history, geography, cartography and education. The article also identifies current problems and promising areas, including digital onomastics, onomastic corpora, geographic information systems and artificial intelligence technologies.
onomastics anthroponym toponym hydronym oikonym ethnonym microtoponymy toponymy anthroponymy onomastic terminology digital onomastics

Список литературы

1. Begmatov E. Joy nomlari – maʼnaviyat ko‘zgusi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 1998. – 86 b.
2. Begmatov E. Nomlar va odamlar. – Toshkent: Fan, 1966. – 52 b.
3. Begmatov E. O‘zbek ismlari. – Toshkent, 2007. – 608 b.
4. Begmatov E., Do‘simov Z., Nafasov T., Qorayev S. O‘zbek nomshunosligi: tadqiq yo‘nalishi va usullari. – Xiva, 1991.
5. Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. – Namangan, 2006. – 104 b.
6. Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi: bibliografik ko‘rsatkich. – Toshkent, 2008. 168 b.
7. Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1977. – 174 b.
8. Husanov N. O‘zbek antroponimlar tarixi. – Toshkent: Navro‘z, 2014. – 244 b.
9. Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. – Toshkent: Muharrir, 2009. 262 b.
10. Oxunov N. O‘zbekiston toponimiyasi. – Qo‘qon, 2005. – 90 b.
11. Oxunov N. Toponimlar va ularning nomlanish xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 1989. – 56 b.
12. Qorayev S. Geografik nomlar maʼnosi. – Toshkent, 1978. – 201 b.
13. Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. – 320 b.
14. Uluqov N. O‘zbek tili gidronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2008. – 208 b.
15. Yo‘ldoshev B. O‘zbek onomastikasi masalalari. – Samarqand, 2011. – 110 b.