“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.

Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni “Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2+ Выпуски
163+ Статьи
175+ Участники
Oʻzbekcha

OBRAZLAR RUHIYATINI IFODALASHDA INDIVIDUAL USLUB VA MUALLIF POZITSIYASI

Дата публикации
30.07.2026
Журнал
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Выпуск
Республиканская научно-практическая конференция «Инновации, интеграция и проблемы современного образования в научной деятельности молодых исследователей и студентов»
Страницы
444-454
DOI
10.5281/zenodo.23139837

Авторы

Аннотация

Mazkur maqolada badiiy matnlarda inson ruhiyatining ifodalanishi kognitiv-pragmatik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Unda ruhiy holatlarning til birliklari, konseptual metaforalar, frazeologik vositalar, sintaktik qurilmalar, badiiy detallar, sukut va tabiat tasvirlari orqali ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, O‘tkir Hoshimov, Said Ahmad, Shukur Xolmirzayev, Yoqubov kabi ijodkorlar asarlaridagi ruhiyat tasvirining individual-uslubiy va pragmatik jihatlari yoritilgan. Tahlil natijasida o‘zbek badiiy matnlarida “ko‘ngil”, “yurak”, “qalb”, “dil”, “jigar” kabi somatik konseptlarning insonning ichki kechinmalarini ifodalashdagi faoliyati aniqlangan. Shuningdek, ruhiyatni ifodalovchi konseptual metaforalarning asosiy modellari, ularning qo‘llanish chastotasi hamda muallifning o‘quvchiga emotsional va kommunikativ ta’sir ko‘rsatish strategiyalari ochib berilgan. Tadqiqot yakunida ruhiy holat – konseptual obraz – til birligi – kontekst – o‘quvchi reaksiyasi izchilligiga asoslangan kognitiv-pragmatik model taklif etiladi. Mazkur model badiiy matnning yashirin semantik qatlamlarini anglash va uning lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ключевые слова

badiiy matn individual uslub inson ruhiyati kognitiv tilshunoslik konseptual metafora lingvopoetika muallif pozitsiyasi o‘quvchi reaksiyasi. pragmatika somatik konsept

Версии на других языках

Русский
В статье исследуется репрезентация человеческой психики в художественном тексте с позиций когнитивно-прагматического подхода. Анализируются особенности выражения психологических состояний посредством языковых единиц, концептуальных метафор, фразеологических средств, синтаксических конструкций, художественных деталей, умолчания и описаний природы. Особое внимание уделяется индивидуально-стилистическим и прагматическим особенностям изображения внутреннего мира человека в произведениях таких узбекских писателей, как Абдулла Кадыри, Чулпан, Абдулла Каххар, Уткир Хошимов, Саид Ахмад, Шукур Холмирзаев и Одил Ёкубов. В результате исследования выявлена активная роль соматических концептов «кўнгил» (душа, внутренний мир), «юрак» (сердце), «қалб» (сердце, душа), «дил» (душа) и «жигар» (печень, душа/близкий человек) в выражении внутренних переживаний персонажей. Также определены основные модели концептуальных метафор, используемых для репрезентации психологических состояний, особенности их употребления и прагматические стратегии авторов, направленные на эмоциональное и коммуникативное воздействие на читателя. В статье предлагается когнитивно-прагматическая модель «психическое состояние → концептуальный образ → языковая единица → контекст → реакция читателя». Данная модель может служить методологической основой для выявления скрытых семантических уровней художественного текста и исследования его лингвопоэтических особенностей.
авторская позиция индивидуальный стиль когнитивная лингвистика концептуальная метафора лингвопоэтика прагматика реакция читателя. соматический концепт художественный текст человеческая психика
English
This article examines the representation of human psychology in literary texts from a cognitive-pragmatic perspective. It analyzes the ways in which psychological states are expressed through linguistic units, conceptual metaphors, phraseological devices, syntactic structures, artistic details, silence, and descriptions of nature. The study focuses on the individual stylistic and pragmatic features of psychological representation in the works of such Uzbek writers as Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, O‘tkir Hoshimov, Said Ahmad, Shukur Xolmirzayev, and Odil Yoqubov. The analysis identifies the active role of somatic concepts such as ko‘ngil, yurak, qalb, dil, and jigar in expressing the characters’ inner experiences. The study also reveals the major models of conceptual metaphors used to represent psychological states, their frequency of occurrence, and the pragmatic strategies through which authors create emotional and communicative effects on readers. As a result, a cognitive-pragmatic model based on the sequence “psychological state → conceptual image → linguistic unit → context → reader’s response” is proposed. This model can serve as a methodological framework for interpreting implicit semantic layers of literary texts and investigating their linguopoetic features.
authorial position cognitive linguistics conceptual metaphor human psychology individual style linguopoetics literary text pragmatics reader response. somatic concept

Список литературы

1. Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. – Toshkent: Sharq, 2019
2. Cho‘lpon. Kecha va kunduz. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.
3. O‘tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. – Toshkent: Sharq, 2018.
4. Do‘stmuhammad X. “Donishmand Sizif” roman, - O‘zbekiston, 359-b, 2016
5. Alimuhammedov A. A.Qahhor hikoyalarda psixologik tasvir – Sharq yulduzi, 1947. – № 2-3
6. Cho‘lpon. She’rlar va dramalar. – Toshkent: Sharq, 2017.
7. Hakimov M.. O‘zbek tilida pragmalingvistika masalalari. – Toshkent, 2013.