"Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish: integrativ yondashuvlar va amaliy yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi tomonidan 2026-yil 9-oktyabr kuni o'tkazilgan

1+ Выпуски
209+ Статьи
213+ Участники
Oʻzbekcha

KO‘RIB TUSHUNISHNING MUSTAQIL KOMPETENSIYA SIFATIDAGI KONSEPTUAL MODELI: O‘QUVCHI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH VA KASBIY TAYYORGARLIKNING LINGVISTIK-DIDAKTIK ASOSLARI

Дата публикации
09.10.2026
Журнал
"Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish: integrativ yondashuvlar va amaliy yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Выпуск
"Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish: integrativ yondashuvlar va amaliy yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Страницы
986-992
DOI
10.5281/zenodo.23686971

Авторы

Аннотация

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchi va talaba bilimni faqat verbal axborotni o‘qish yoki tinglash orqali emas, balki real predmetlar, holatlar, harakatlar, jarayonlar va faoliyatni kuzatish orqali ham egallaydi. Shunga qaramay, ko‘rib o‘rganish ko‘pincha ta’lim jarayonida tabiiy ravishda yuz beradigan, maxsus pedagogik rivojlantirishni talab qilmaydigan jarayon sifatida qaraladi. Mazkur maqolada ko‘rib tushunishning bunday insidental shaklda shakllanishi muammolashtirilib, u uzluksiz ta’lim davomida maqsadli rivojlantirilishi lozim bo‘lgan mustaqil kompetensiya sifatida konseptuallashtiriladi. Tadqiqotda ko‘rib tushunish rasm yoki videoni idrok etish bilan cheklanmay, predmet, holat, harakat, jarayon va faoliyatni kuzatish orqali ularning muhim belgilarini ajratish, o‘zaro munosabatlarini aniqlash, mazmunini interpretatsiya qilish, sabab-oqibat aloqalarini tushunish, xulosa chiqarish va o‘zlashtirilgan bilimni yangi vaziyatga tatbiq qilishni qamrab oluvchi murakkab lingvistik-kognitiv jarayon sifatida talqin qilinadi. Maqolada ko‘rib tushunishning “kuzatish–ajratish–dekodlash–interpretatsiya–tahlil–xulosa–tatbiq” ketma-ketligiga asoslangan konseptual modeli taklif etiladi. Shuningdek, predmet, holat, harakat, jarayon va faoliyatni ko‘rib tushunishga yo‘naltirilgan maxsus o‘quv materiallari va topshiriqlarining zarurligi asoslanadi. Ko‘rib tushunishni mustaqil kompetensiya sifatida rivojlantirish o‘quvchilarning analitik, tanqidiy va muammoli tafakkurini rivojlantirish, amaliy faoliyatni o‘zlashtirish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yangi vaziyatlarga ko‘chirish imkoniyatlarini kengaytirishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijasida ko‘rib tushunishning uzluksiz ta’lim tizimida bosqichma-bosqich shakllantirilishi mumkin bo‘lgan kompetensiya sifatidagi modeli ishlab chiqiladi.

Ключевые слова

faoliyat harakat jarayon kasbiy tayyorgarlik kognitiv rivojlanish kuzatish o‘quv materiali o‘quv topshirig‘i tayanch kompetensiya uzluksiz ta’lim vizual kommunikatsiya ko‘rib tushunish vizual savodxonlik multimodal savodxonlik predmet holat

Список литературы

1. Rodger et.al. (2009).Engaging Middle School Teachers and Students with Alice in a Diverse Set of Subjects.SIGCSE09, March 3-7, 2009.
2. Raiyn J. (2016) The Role of Visual Learning in Improving Students’ High-Order Thinking Skills Journal of Education and Practice
3. ‘Neil, K. E. (2011). Reading pictures: Developing visual literacy for greater comprehension. The Reading Teacher, 65(3), 214‐223.
4. Буслаев Ф.И О преподавании отечественного языка. 2-е изд. М., 1867. (переизд.: Л., 1941).
5. Ғуломов А.., Неъматов Ҳ. Она тили таълими мазмуни. Ўқитувчилар учун методик кўлланма. – Т.: Ўқитувчи. 1996. 9-б.
6. Hamroyev G‘.Ko‘rib tushunish – kasbiy malakani rivojlantiruvchi muhim ko‘nikma// Til va adabiyot ta’limi.–T., 2023. –B.20-23.