TOPISHMOQ VA TEZ AYTISHLAR VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Published
28.09.2026
Journal
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Issue
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Pages
354-357
Authors
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda bolalar folklorining topishmoq va tez aytish janrlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Topishmoqlarning o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, obrazli tafakkur, qiyoslash, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi, tez aytishlarning esa nutqiy faollik, talaffuz aniqligi, eshitish diqqati, so‘z boyligi va ijodiy ifodalash qobiliyatlarini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, folklor namunalarini oddiy yodlash yoki qayta aytish bilan cheklanmasdan, ularni ijodiy topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan. Topishmoq tuzish, tez aytish yaratish, obrazni tasvirlash, yangi vaziyat hosil qilish kabi topshiriqlarning o‘quvchi badiiy-ijodiy faoliyatini faollashtirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
Keywords
badiiy-ijodiy qobiliyat
bolalar folklori
boshlang‘ich ta’lim
ijodiy tafakkur
ijodiy topshiriq
nutqiy faollik
obrazli tafakkur
tez aytish
References
1.Eshchanova G. Bolalar folklori. – Toshkent: Metodist nashriyoti, 2025. – 168 b.
2. Jumanov L.N. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalq og‘zaki ijodi vositasida estetik tarbiyalash tizimi // Pedagogik mahorat. – Buxoro, 2023. – №5. – B. 112–117.
3.Pirmatova O.S. Boshlang‘ich sinflarda topishmoqlarni o‘rgatish metodikasi // Maktabgacha va maktab ta’limi. – 2026. – 4-jild, 9-son. – B. 33–36.
4.Jo‘raboyeva M.J. Bolalar folklori asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati // Maktabgacha va maktab ta’limi. – 2026. – 4-jild, 6-son. – B. 222–227.
5.Suyunova M.A. qizi. Boshlang‘ich sinflarda maqol va topishmoqlarni o‘rgatish orqali o‘quvchilar nutqini rivojlantirish // Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – 2-jild, 17-son (Special). – B. 840–844.