Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida talabalarning tafakkur jarayonlarini diagnostika qilish va korreksiya qilishning integrativ modeli nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kognitiv, metakognitiv va ijtimoiy-emotsional omillarni birlashtiruvchi integrativ yondashuvning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Talabalarning fikrlash jarayonlarini aniqlashda formatif baholash, "think-aloud" protokollari, konseptual xaritalash va Kognitiv Tuzilma Tahlili (Cognitive Structure Analysis – CSA) kabi diagnostik metodlarning imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, muammoga asoslangan ta’lim (Problem-Based Learning – PBL), metakognitiv strategiyalar va moslashuvchan pedagogik yondashuvlarning tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish hamda kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan. Natijalar zamonaviy ta’limda diagnostika va korreksiyaga asoslangan integrativ model talabalarning intellektual rivojlanishi hamda ta’lim sifatini oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
Cognitive Structure Analysis
Problem-Based Learning
diagnostika
integrativ model
kognitiv ko‘nikmalar
korreksiya
metakognitiv strategiyalar
tafakkur jarayonlari
tanqidiy fikrlash
zamonaviy ta’lim.