Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonamizda talaba-yoshlarda xorijiy til ta'limi jarayonida ma'naviy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chet tilini o'qitish jarayonida nafaqat innovatsion yondashuvlarni shakllantirish, balki muloqot madaniyati, madaniyatlararo tushuncha hamda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim hisoblanib kelmoqda. Ushbu maqolada xorijiy til ta'limida talabalarning ma'naviy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va raqamli ta'lim vositalarining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy til ta'limida innovatsion yondashuvlardan foydalanish talabalarning til kompetensiyasi bilan bir qatorda ularning ma'naviy kamoloti va shaxs sifatida rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatishi asoslab berilgan
Xorijiy til ta'limi
innovatsion yondashuvlar
interfaol metodlar
kompetensiyaviy yondashuv
ma'naviy kompetensiya
madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya
raqamli ta'lim
sun'iy intellekt
talaba-yoshlar