Filologiyaning dolzarb masalalari

Mazkur anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan bo'lib, Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan 2026-yil 13-14-oktabr kunlari o'tkazilgan.

1+ Issues
293+ Articles
304+ Participants
Oʻzbekcha

HAR JABHADA NAMUNA - USTOZ

Published
14.10.2026
Journal
Filologiyaning dolzarb masalalari
Issue
“Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Pages
1337-1346
DOI
10.5281/zenodo.24104660

Authors

Abstract

Ma’lumki, biz yashab turgan olam, bu yorug’ dunyo insoniy munosabatlar bo’stonidir. Bu bo’ston gullab-yashnasa, tasavvurimizdagi jannatga aylansa insoniyat uchun bundan-da ulug’ baxt bo’lmasa kerak. Olamni jannatga aylantirish esa jamiyatni tashkil etuvchi jamiki insonlarning ibratli ishlari, insoniy fazilatlari va ezgu amallari orqali amalga oshadi. Bunday ezgu ishlar, ibrat namunasini barcha insonlarda mavjud deb ham aytib bo’lmaydi. Ba’zilarda namuna sifatida qaysidir jihati yaqqolroq, boshqa tomonlari yashirin tarzda namoyon bo’lishi mumkin. Biroq shunday insonlar ham borki, ulardan har jihatdan ibrat olsa arzigulik tomonlarini yaqqol ko’rish mumkin. O’zining ana shunday serqirra ibratli tomonlarini namoyon eta olgan va boshqalarga ayniqsa, hamkasbi va shogirdlariga singdirishga ulgurgan zullisonayn, o’z kasbiga fidoiy olimlardan biri Isroiljon Po’latovdir.

Keywords

Isroiljon Po’latov Лисоний синтактик

References

1.I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari.
2.Q.Yo’ldoshev va boshqalar. Adabiyot. (darslik) Toshkent.2014 yil.
3.A.Qodiriy. “O’tkan kunlar” asari.
4.M.Yusuf. Saylanma. Toshkent . 2007 yil.
View PDF Related articles