ZAMONAVIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA FRAZEOLOGIZMLARNING EKSPRESSIVLIK VOSITASI SIFATIDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada O‘zbekistonning zamonaviy rus tilidagi ommaviy axborot vositalari diskursida frazeologik birliklarning funksional-pragmatik salohiyati tahlil qilinadi. Respublikaning yetakchi axborot-tahliliy nashrlari materiallari asosida frazeologik freymlarning deavtomatlashtirilishi orqali matn ekspressivligini kuchaytirishning asosiy mexanizmlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, media diskursida frazeologik birliklar transformatsiya turi (substitsiya, qo‘shimcha element kiritish, kontaminatsiya, literalizatsiya)ga qarab nominativ vazifadan adresat idrokiga pragmatik ta’sir ko‘rsatish funksiyasiga evolyutsiyalanadi.
ekspressivlik
frazeologik birlik
idiomalarning deformatsiyasi
leksik substitsiya
matn pragmatikasi
media diskurs
til o‘yini