Information letter
“Tarix falsafasida tarixiylik va zamonaviylik tendensiyalari: ta’lim, bilim, metodlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
https://smartquillpublishing.uz/uz/information-letters/tarix-falsafasida-tarixiylik-va-zamonaviylik-tendensiyalari-talim-bilim-metodlar
Qabul ochiq
E’lon qilingan: 19 май 2026
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi tomonidan 2026-yil 20-may kuni “Tarix falsafasida tarixiylik va zamonaviylik tendensiyalari: ta’lim, bilim, metodlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda.
🔖Anjuman sho‘balari:
✅ Tarix falsafasining metodologik muammolari va zamonaviy yondashuvlar;
✅ Tarixiy bilimlar transformatsiyasi va ta’lim tizimidagi islohotlar;
✅ Tarixiy tadqiqotlarda tarixiylik va obyektivlik tamoyillari;
✅ Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning tarixiy tadqiqotlar va ta’lim jarayonidagi metodologik ahamiyati;
✅ Ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasida tarixiy xotira masalalari;
✅ Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy-falsafiy talqini.
🕸 Maqolalar quyidagi bazalarda indekslanadi:
✅ Zenodo DOI
✅ Google Scholar
✅ Open AIRE
📩 Ilmiy maqolalar 2026-yil 19-may kuniga qadar qabul qilinadi.