SCIENTIFIC
EPICENTER
Xalqaro ilmiy jurnal

Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2026-yilda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq, 2026-yil 15-iyun kuni Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

ISSN Online: — DOI: 10.5281/zenodo.xxxxx Open Access Peer Reviewed
Bosh sahifa Jurnallar Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar Mualliflar uchun

Mualliflar uchun yo‘riqnoma

Scientific Epicenter — multidisiplinar xalqaro ilmiy jurnal bo‘lib, ilm-fanning turli yo‘nalishlarida olib borilgan original tadqiqot natijalarini chop etadi. Jurnalga yuborilayotgan maqolalar quyidagi talab va qoidalarga mos bo‘lishi lozim.


1. Maqolani topshirish talablari

Maqola:

  • ilgari chop etilmagan bo‘lishi;
  • boshqa jurnal yoki nashrda ko‘rib chiqilayotgan bo‘lmasligi;
  • ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi;
  • muallif(lar)ning original ilmiy tadqiqoti natijalarini aks ettirishi lozim.

Maqolalar jurnalning elektron platformasi orqali yuboriladi.


2. Maqola tuzilmasi

Maqola quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi kerak:

  1. Maqola sarlavhasi
  2. Muallif(lar) F.I.Sh.
  3. Tashkilot nomi
  4. ORCID identifikatori
  5. Elektron pochta manzili
  6. Annotatsiya (150–250 so‘z)
  7. Kalit so‘zlar (5–10 ta)
  8. Kirish (Introduction)
  9. Metodologiya (Methods)
  10. Natijalar (Results)
  11. Muhokama (Discussion)
  12. Xulosa (Conclusion)
  13. Foydalanilgan adabiyotlar (References)

3. Texnik talablar

Maqola Microsoft Word (.docx) formatida taqdim etiladi.

Talablar:

  • Shrift: Times New Roman
  • O‘lcham: 14 pt
  • Qator oralig‘i: 1.5
  • Hoshiyalar: 2 sm
  • Sahifa formati: A4
  • Matn tekislanishi: Justify

Maqola hajmi:

  • Ilmiy maqola: 3000–10000 so‘z
  • Sharh maqola: 5000–12000 so‘z

4. Iqtibos va manbalar

Jurnal xalqaro bibliografik standartlardan foydalanadi.

Qabul qilinadigan uslublar:

  • APA 7th Edition
  • Chicago Style
  • Harvard Style

Barcha manbalar matnda havola qilingan bo‘lishi va adabiyotlar ro‘yxatida keltirilishi shart.

DOI mavjud bo‘lgan manbalar uchun DOI ko‘rsatilishi tavsiya etiladi.


5. Plagiat siyosati

Scientific Epicenter akademik halollik tamoyillariga qat'iy amal qiladi.

Talablar:

  • Plagiat darajasi 15% dan oshmasligi kerak.
  • Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan matnlar muallif tomonidan tekshirilishi va ilmiy javobgarlik muallif zimmasida qoladi.
  • Soxtalashtirilgan ma'lumotlar qabul qilinmaydi.

Plagiat aniqlangan taqdirda maqola rad etiladi.