Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari

Mazkur “Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug'i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan bo'lib, 2026-yil 23-iyun kuni Namangan davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi tomonidan o'tkazilgan.

1+ Sonlar
260+ Maqolalar
288+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

YOSH VOLEYBOLCHILARDA TAKRORIY SAKRASH CHIDAMKORLIGI VA SAKRASH TEXNIKASI BARQARORLIGINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Nashr sanasi
23.06.2026
Jurnal
Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari
Nashr
Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (2026-yil, 23-iyun)
Sahifalar
1253-1257
DOI
10.5281/zenodo.23505460

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur tezisda yosh voleybolchilarning musobaqa faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan takroriy sakrash chidamkorligi va sakrash texnikasi barqarorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi yoritilgan. Voleybol o‘yini davomida hujum zarbalari va to‘siq qo‘yish harakatlarining ko‘p marotaba takrorlanishi sportchilardan nafaqat yuqori sakrash imkoniyatini, balki charchoq sharoitida harakatlarning texnik sifatini saqlab qolishni ham talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, yosh voleybolchilarning sakrash tayyorgarligini baholashda maksimal sakrash balandligi bilan cheklanmasdan, takroriy sakrashlar davomida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni ham hisobga olish zarurati asoslanadi. Tezisda sakrash balandligi, depsinish va qo‘nish texnikasi, tana muvozanati hamda harakatlarning takroriy bajarilishidagi barqarorlikni baholash mezonlari nazariy-metodik jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, takroriy sakrash chidamkorligi va texnik barqarorlikni kompleks baholash yosh sportchilarning tayyorgarlik jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar

charchoq harakatlar koordinatsiyasi mashg‘ulot jarayoni. pedagogik nazorat sakrash balandligi sakrash chidamkorligi sakrash texnikasi takroriy sakrash texnik barqarorlik yosh voleybolchilar

Boshqa tillardagi variantlar

Русский

ВЗАИМОСВЯЗЬ ВЫНОСЛИВОСТИ ПРИ МНОГОКРАТНЫХ ПРЫЖКАХ И СТАБИЛЬНОСТИ ТЕХНИКИ ПРЫЖКА У ЮНЫХ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ

В настоящих тезисах рассматривается проблема взаимосвязи выносливости при многократных прыжках и стабильности техники прыжка у юных волейболистов, имеющая важное значение для их соревновательной деятельности. Многократное выполнение нападающих ударов и блокирующих действий в процессе волейбольной игры требует от спортсменов не только способности выполнять высокие прыжки, но и сохранять качество двигательных действий в условиях нарастающего утомления. В связи с этим обосновывается необходимость комплексной оценки прыжковой подготовленности юных волейболистов с учётом не только максимальной высоты прыжка, но и изменений, возникающих при повторном выполнении прыжковых движений. В работе с теоретико-методических позиций рассматриваются критерии оценки высоты прыжка, техники отталкивания и приземления, равновесия тела, а также устойчивости двигательных действий при многократном повторении. Подчёркивается значение комплексного подхода к оценке прыжковой выносливости и технической стабильности для совершенствования тренировочного процесса юных спортсменов.
высота прыжка координация движений многократные прыжки педагогический контроль прыжковая выносливость техника прыжка техническая стабильность тренировочный процесс. утомление юные волейболисты
English

THE RELATIONSHIP BETWEEN REPEATED-JUMP ENDURANCE AND JUMP TECHNIQUE STABILITY IN YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS ENDURANCE IN YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS

This conference paper examines the relationship between repeated-jump endurance and jump technique stability in young volleyball players, two important aspects of performance during competitive play. The repeated execution of attacking and blocking actions in volleyball requires athletes not only to achieve sufficient jump height but also to maintain the technical quality of their movements under conditions of increasing fatigue. Therefore, assessing jumping performance solely on the basis of maximum jump height may not provide a complete understanding of an athlete's ability to perform repeated jumping actions effectively. The paper discusses the theoretical and methodological aspects of evaluating changes in jump height, take-off and landing technique, postural balance, and movement consistency during repeated jumps. Particular attention is given to the importance of considering both physical performance and technical execution when assessing jumping ability. A comprehensive approach to evaluating repeated-jump endurance and technical stability is proposed as a useful basis for improving training organization, monitoring athletes' development, and selecting appropriate training methods for young volleyball players.
fatigue jump endurance jump height jump technique motor coordination pedagogical monitoring repeated jumps technical stability training process. young volleyball players

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mamajonov D., Tukhtaboeva N., Izatulayev A. Effects of plyometric training on jump biomechanics, explosive strength, and jump endurance in adolescent volleyball players aged 13–14 years // Physiologia. — 2026. — Vol. 6, No. 2. — P. 34.
2. Tajibaev S., Ummatov A., Ashurkova S., Ismoilov G., Xojiyev S., Yokubova O. Sensory equipment for monitoring and assessing the jumping ability of volleyball players. Acta of Bioengineering and Biomechanics. — 2024. — Vol. 26, No. 1. — P. 109–120. — DOI: https://doi.org/10.37190/abb-02412-2024-03.
3. Azizov, S. V., Azizova, R. I., Mahmudjonov, A., & Tuxtaboyeva, N. (2024). SPORTCHILARDA O ‘YIN JARAYONINI YUQORI DARAJADA IDROK QILISH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH INTELLEKTUAL TAYYORGARLIKNING ASOSIY VAZIFASI. Экономика и социум, (9 (124)), 82-86.
4. Joldasbaeva, R., Mamajonov, D., Turaev, V., Izatullaev, A., Tukhtaboeva, N., Mamatova, M., ... & Kodirova, S. (2025). Comprehensive evaluation of training load in youth basketball players through integration of heart rate, movement tracking, and rate of perceived exertion. Journal of Physical Education and Sport, 25(8), 1647-1655.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar