Filologiyaning dolzarb masalalari

Mazkur anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan bo'lib, Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan 2026-yil 13-14-oktabr kunlari o'tkazilgan.

1+ Sonlar
161+ Maqolalar
165+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

TILSHUNOSLIKDA ANTROPONIMLARNING AHAMIYATI

Nashr sanasi
14.10.2026
Jurnal
Filologiyaning dolzarb masalalari
Nashr
“Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Sahifalar
733-735
DOI
10.5281/zenodo.23890901

Mualliflar

Annotatsiya

Antroponimlar tilshunoslikning onomastika sohasida muhim o‘rin tutuvchi birliklardan bo‘lib, insonlarning ism, familiya, ota ismi, laqab va taxalluslarini o‘rganadi. Kishi nomlari nafaqat shaxsni boshqa insonlardan farqlash uchun xizmat qiladi, balki muayyan xalqning tarixi, tili, madaniyati, diniy qarashlari, urf-odatlari va milliy dunyoqarashi haqida muhim ma’lumot beradi. Mazkur tezisda antroponimlarning umumiy tilshunoslikdagi o‘rni, o‘zbek tilshunosligida antroponimlarning shakllanishi va o‘rganilishi, ularning lingvistik hamda lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek antroponimlarining kelib chiqish manbalari va semantik guruhlari haqida fikr yuritilib, ayrim holatlarda ingliz tilidagi antroponimlar bilan qiyoslanadi.

Kalit so‘zlar

antroponim antroponimiya atoqli ot etimologiya lingvomadaniyat onomastika kishi nomlari o‘zbek antroponimlari milliy dunyoqarash.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Begmatov E.A. O‘zbek tili antroponimikasi. – Toshkent: Fan, 2013. –B.8.
2. Nosirov O‘. O‘zbek tilidagi kishi nomlari haqida ba’zi mulohazalar. // Ilmiy asarlar. – Qarshi–Toshkent, 1965. – B. 194–197.
3. Begmatov E.A. O‘zbek ismlari ma’nosi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1998.
4. Superanskaya A.V. Obshchaya teoriya imeni sobstvennogo. – Moskva: Nauka, 1973.
5. Podolskaya N.V. Slovar russkoy onomasticheskoy terminologii. – Moskva: Nauka, 1978.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar