“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.

Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni “Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2+ Sonlar
140+ Maqolalar
152+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

TIL OLAM MANZARASI KONSEPTUAL OLAM MANZARASINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA

Nashr sanasi
30.07.2026
Jurnal
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Nashr
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Sahifalar
325-332
DOI
10.5281/zenodo.22675494

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada til olam manzarasi va konseptual olam manzarasi o‘rtasidagi munosabat masalasi kognitiv va lingvomadaniy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Insonning borliqni idrok etishi, uni ongida qayta ishlashi va til vositasida ifodalashi natijasida shakllanuvchi bilimlar tizimi olam manzarasining asosini tashkil etishi yoritiladi. Til olam manzarasi konseptual olam manzarasining bevosita aynan nusxasi emas, balki inson tomonidan idrok etilgan, anglangan va muayyan milliy-madaniy tajriba asosida talqin qilingan borliqning lisoniy ifodasi sifatida izohlanadi. Shuningdek, konseptning mazmuni, uning tushuncha, obraz, assotsiatsiya, emotsional-baholovchi va lingvomadaniy komponentlari o‘zbek tilshunosligidagi qarashlar bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Sh. Safarov, N. Mahmudov, D. Xudoyberganova, O‘. Q. Yusupov va A. Mamatovlarning til, tafakkur, konsept va madaniyat munosabatlariga doir ilmiy qarashlari tahlilga jalb etiladi. Til olam manzarasining shakllanishida tabiat, madaniyat va insonning bilish faoliyati muhim omillar sifatida belgilanadi.

Kalit so‘zlar

kognitiv tilshunoslik konsept konseptual olam manzarasi konseptual tizim lingvomadaniyat lisoniy idrok. milliy-madaniy xususiyat olam manzarasi til olam manzarasi til va tafakkur

Boshqa tillardagi variantlar

Русский
В данной статье на основе когнитивного и лингвокультурологического подходов анализируется вопрос о соотношении языковой картины мира и концептуальной картины мира. Освещается, что система знаний, формирующаяся в результате восприятия человеком действительности, ее переработки в сознании и выражения средствами языка, составляет основу картины мира. Языковая картина мира интерпретируется не как точная копия концептуальной картины мира, а как языковое выражение действительности, воспринятой, осмысленной и интерпретированной человеком на основе определенного национально-культурного опыта. Также рассматривается содержание концепта, его понятийный, образный, ассоциативный, эмоционально-оценочный и лингвокультурный компоненты в связи со взглядами, существующими в узбекском языкознании. К анализу привлекаются научные взгляды Ш. Сафарова, Н. Махмудова, Д. Худойбергановой, У. К. Юсупова и А. Маматова на взаимосвязь языка, мышления, концепта и культуры. Природа, культура и познавательная деятельность человека определяются в качестве важных факторов формирования языковой картины мира.
картина мира когнитивная лингвистика концепт концептуальная картина мира концептуальная система лингвокультурология национально-культурная специфика язык и мышление языковая картина мира языковое восприятие.
English
This article analyzes the relationship between the linguistic picture of the world and the conceptual picture of the world based on cognitive and linguacultural approaches. It highlights that the system of knowledge formed as a result of human perception of reality, its cognitive processing, and its expression through language constitutes the foundation of the world picture. The linguistic picture of the world is interpreted not as an exact replica of the conceptual picture of the world, but as a linguistic expression of reality perceived, comprehended, and interpreted by humans based on specific national-cultural experience. Furthermore, the content of the concept—including its conceptual, image, associative, emotional-evaluative, and linguacultural components—is examined in relation to the perspectives in Uzbek linguistics. The scientific views of Sh. Safarov, N. Mahmudov, D. Khudoyberganova, U. K. Yusupov, and A. Mamatov regarding the relationship between language, thought, concept, and culture are drawn into the analysis. Nature, culture, and human cognitive activity are defined as crucial factors in the formation of the linguistic picture of the world.
cognitive linguistics concept conceptual picture of the world conceptual system language and thought linguaculture linguistic perception. linguistic picture of the world national-cultural characteristic picture of the world

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2012. – №3.
2. Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent: Fan, 2007.
3. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor, 2006.
4. Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013.
5. Xudoyberganova D. O‘zbek tilida lingvomadaniy birliklar tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2015.
6. Yusupov O‘. Q. Ma’no, tushuncha, konsept va lingvokulturologiya atamalari xususida // Stilistika tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarida. – Toshkent, 2011.
7. Berdnikova D. V. Языковая картина мира как часть концептуальной картины мира.
8. Апресян Ю. Д. Избранные труды. – М.: Языки русской культуры, 1995.
9. Гумбольдт В. О. О различии строения человеческих языков и его влиянии на духовное развитие человечества. – М., 1984.
10. Кубрякова Е. С. Языковая картина мира как особый способ репрезентации образа мира в сознании человека // Вестник Чувашского государственного педагогического университета. – 2003. – №4.
11. Lado R. Linguistics Across Cultures. – Ann Arbor: University of Michigan Press, 1957.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar