Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar

Mazkur Respunlika illmiy-amaliy anjumani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026 yil 13-14 noyabr kunlari Turon universiteti Andijon filialida Iqtisodiyot va moliya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan.

1+ Sonlar
143+ Maqolalar
133+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

STATISTIK KO‘RSATKICHLAR TIZIMI: MUTLAQ, NISBIY VA UMUMLASHTIRUVCHI KO‘RSATKICHLARNING IQTISODIY TAHLILDAGI O‘RNI

Nashr sanasi
14.11.2026
Jurnal
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Nashr
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Sahifalar
599-607
DOI
10.5281/zenodo.24301110

Mualliflar

Annotatsiya

Ushbu maqolada statistik ko‘rsatkichlarning iqtisodiy hodisa va jarayonlarni miqdoriy tavsiflash, taqqoslash hamda rivojlanish tendensiyalarini aniqlashdagi nazariy-metodologik ahamiyati o‘rganiladi. Mutlaq, nisbiy va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning mazmuni, hisoblash usullari, o‘zaro bog‘liqligi va amaliy qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Mutlaq ko‘rsatkichlar hodisalarning hajmi va miqdorini, nisbiy ko‘rsatkichlar o‘zaro nisbat va o‘zgarishlarni, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar esa statistik to‘plamning tipik xususiyatlarini ifodalashga xizmat qilishi asoslanadi. Maqolada o‘sish sur’atlari, tarkibiy ulushlar, reja bajarilishi, intensivlik va taqqoslash ko‘rsatkichlari formulalar orqali yoritiladi. Shuningdek, ko‘rsatkichlarni hisoblashda o‘lchov birligi, taqqoslash bazasi, davrlar mosligi, narxlar o‘zgarishi va ma’lumotlar sifati bilan bog‘liq metodologik muammolar ko‘rib chiqiladi. Amaliy qismda shartli iqtisodiy ma’lumotlar asosida statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash va talqin qilish tartibi ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar

statistik ko‘rsatkichlar mutlaq miqdor nisbiy miqdor umumlashtiruvchi ko‘rsatkich o‘sish sur’ati tarkibiy ulush intensivlik taqqoslash iqtisodiy tahlil statistik metodologiya

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Freedman, D., Pisani, R., & Purves, R. (2007). Statistics (4th ed.). W. W. Norton & Company.
2. Newbold, P., Carlson, W. L., & Thorne, B. (2013). Statistics for Business and Economics (8th ed.). Pearson.
3. OECD. (2007). Data and Metadata Reporting and Presentation Handbook. OECD Publishing. United Nations Statistics Division. (2019). United Nations National Quality Assurance Frameworks Manual for Official Statistics. United Nations.
4. World Bank. World Development Indicators: Sources and Methods.
5. Eurostat. Statistics Explained: Statistical Concepts and Definitions.
6. Tukey, J. W. (1977). Exploratory Data Analysis. Addison-Wesley.
7. Wooldridge, J. M. (2020). Introductory Econometrics: A Modern Approach (7th ed.). Cengage.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar