“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.

Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni “Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2+ Sonlar
163+ Maqolalar
175+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

SHARQ MUTAFAKKIRLARI QARASHLARIDA INSON MA’NAVIY KAMOLOTINING TASAVVUFIY

Nashr sanasi
30.07.2026
Jurnal
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Nashr
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Sahifalar
471-481
DOI
10.5281/zenodo.23185517

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tasavvufiy-falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Navoiy ijodida insonning ma’naviy kamoloti, nafsni jilovlash, ishq, komillik, adolat, ezgulik, sabr-qanoat va ilohiy haqiqatni anglash kabi masalalarning o‘zaro aloqadorligi ochib beriladi. Mutafakkirning tasavvufiy qarashlari uning “Lison ut-tayr”, “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul-qulub”, “Nasoyim ul-muhabbat” kabi asarlari asosida tahlil etiladi. Maqolada Navoiyning tasavvufni faqat nazariy-falsafiy ta’limot sifatida emas, balki insonning axloqiy-ma’naviy poklanishi va komillikka erishish yo‘li sifatida talqin qilgani asoslab beriladi. Shuningdek, uning qarashlarida insonparvarlik, jamiyat va shaxs munosabati, adolatli boshqaruv hamda ma’naviy mas’uliyat masalalarining o‘ziga xos talqini yoritiladi.

Kalit so‘zlar

Tasavvuf adolat axloq falsafa ilohiy haqiqat insonparvarlik. ishq komil inson ma’naviyat nafs ruhiy kamolot

Boshqa tillardagi variantlar

Русский
В данной статье анализируются суфийско-философские взгляды великого мыслителя, поэта и государственного деятеля Алишера Навои. Раскрывается взаимосвязь таких вопросов, как духовное совершенствование человека, укрощение эго (нафса), любовь, совершенство, справедливость, доброта, терпение и постижение божественной истины в творчестве Навои. Суфийские взгляды мыслителя анализируются на основе его произведений «Лисон ут-тайр», «Хайрат ул-аброр», «Фархад и Ширин», «Лейли и Меджнун», «Садди Искандарий», «Махбуб ул-кулуб», «Насоим ул-мухаббат». В статье обосновывается, что Навои трактовал суфизм не только как теоретико-философское учение, но и как путь нравственно-духовного очищения и достижения человеком совершенства. Также освещается своеобразная трактовка в его взглядах гуманизма, взаимоотношений общества и личности, справедливого управления и духовной ответственности.
божественная истина гуманизм. духовное совершенствование духовность любовь нафс (эго) нравственность совершенный человек философия

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. // Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 12-jild. – Toshkent: Fan, 1996; Fariduddin Attor. Mantiq ut-tayr. Navoiy dostonining Attor an’anasi bilan g‘oyaviy-badiiy aloqasi haqida, shuningdek: Sharipov Sh. Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. – Toshkent, 1982.
2. Alisher Navoiy. Xamsat ul-mutahayyirin. // Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 15-jild. – Toshkent: Fan, 1999.
3. Sultonmurod Olim. Naqshband va Navoiy. – Toshkent, 1996.
4. Oybek. Navoiy. – Toshkent: O‘zbekiston, turli nashrlar.
5. Komilov N. Tasavvuf. 2 jild. – Toshkent: Movarounnahr–O‘zbekiston, 2009; Komilov N. Xizr chashmasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.
6. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat. – Toshkent: Fan, 1996.
7. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2020.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar