“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.

Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni “Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2+ Sonlar
126+ Maqolalar
138+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

SANOAT KORXONALARIDA LEAN MANUFACTURING TIZIMLARINI JORIY ETISHNING BOSHQARUV SAMARADORLIGIGA TAʼSIRI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR

Nashr sanasi
25.04.2026
Jurnal
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Nashr
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Sahifalar
494-502

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada sanoat korxonalarida Lean Manufacturing tizimini joriy etishning boshqaruv samaradorligiga ta'siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Lean konsepsiyasining shakllanish bosqichlari, uning asosiy tamoyillari hamda zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishdagi o'rni yoritilgan. Shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirishda isrofgarchiliklarni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish, qiymat yaratish zanjirini takomillashtirish va uzluksiz takomillashtirish tamoyillarining ahamiyati ochib berilgan. Maqolada Lean Manufacturing falsafasining raqamli transformatsiya jarayonlari, jumladan MES, ERP hamda sun'iy intellekt texnologiyalari bilan uyg'unlashuvi natijasida korxonalarda boshqaruvning yangi sifat bosqichi shakllanayotgani asoslab berilgan. Muallif tomonidan zamonaviy sanoat korxonalarida Lean tizimini samarali joriy etish boshqaruv qarorlarining tezkorligi, ishlab chiqarish unumdorligi va korxonaning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligi xulosalangan.

Kalit so‘zlar

ERP Industry 4.0 Lean Manufacturing MES boshqaruv samaradorligi ishlab chiqarish tizimi isrofgarchilik sanoat korxonasi sun'iy intellekt uzluksiz takomillashtirish

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Womack J.P., Jones D.T., Roos D. The Machine That Changed the World. – New York: Simon & Schuster, 1990. – 323 p.
2. Womack J.P., Jones D.T. Lean Thinking: Banish Waste and Create Wealth in Your Corporation. 2nd ed. – New York: Free Press, 2003. – 396 p.
3. Liker J.K. The Toyota Way: 14 Management Principles from the World's Greatest Manufacturer. 2nd ed. – New York: McGraw-Hill Education, 2021. – 448 p.
4. Ohno T. Toyota Production System: Beyond Large-Scale Production. – Portland: Productivity Press, 1988. – 176 p.
5. Shingo S. A Study of the Toyota Production System: From an Industrial Engineering Viewpoint. – New York: Productivity Press, 1989. – 296 p.
6. Rother M., Shook J. Learning to See: Value Stream Mapping to Add Value and Eliminate MUDA. – Cambridge, MA: Lean Enterprise Institute, 2003. – 102 p.
7. Bhamu J., Sangwan K.S. Lean manufacturing: literature review and research issues // International Journal of Operations & Production Management. – 2014. – Vol. 34, No. 7. – P. 876–940.
8. Tortorella G.L., Fettermann D. Implementation of Industry 4.0 and Lean Production in Brazilian manufacturing companies // International Journal of Production Research. – 2018. – Vol. 56, No. 8. – P. 2975–2987.
9. Sony M. Industry 4.0 and Lean Management: A proposed integration model and research propositions // Production & Manufacturing Research. – 2018. – Vol. 6, No. 1. – P. 416–432.
10. Sanders A., Elangeswaran C., Wulfsberg J. Industry 4.0 implies Lean Manufacturing: Research activities in Industry 4.0 function as enablers for Lean Manufacturing // Journal of Industrial Engineering and Management. – 2016. – Vol. 9, No. 3. – P. 811–833.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar