"Tabiiy fanlar integratsiyasida innovatsion ta’lim texnologiyalari: an’anaviylik va zamonaviylik" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Mazkur anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan bo'lib, Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan 2026-yil 13-14-noyabr kunlari tashkil etilgan.

1+ Sonlar
89+ Maqolalar
139+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

SANOAT CHIQINDI SUVLARI VA TUPROQLARIDAN AJRATIB OLINGAN CHIDAMLI MIKROB SHTAMMLARINING OG‘IR METALLARNI BIRIKTIRISH HAMDA ANTIMIKROB XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH

Nashr sanasi
14.11.2026
Jurnal
"Tabiiy fanlar integratsiyasida innovatsion ta’lim texnologiyalari: an’anaviylik va zamonaviylik" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Nashr
"Tabiiy fanlar integratsiyasida innovatsion ta’lim texnologiyalari: an’anaviylik va zamonaviylik" Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Sahifalar
341-345
DOI
10.5281/zenodo.24276515

Mualliflar

Annotatsiya

Sanoat korxonalarining rivojlanishi va texnogen omillar ta’sirida atrof-muhitning og‘ir metallar hamda toksik birikmalar bilan ifloslanishi dolzarb ekologik va biotibbiy muammoga aylanmoqda. Tadqiqotda sanoat oqova suvlari va ifloslangan tuproqdan og‘ir metallarga chidamli mikrob shtammlari ajratilib, ularning molekulyar-genetik xususiyatlari, Pb²⁺, Cr⁶⁺ va Cd²⁺ ionlarini biosorbsiya qilish qobiliyati, FTIR va SEM-EDX tahlillari hamda antimikrob faolligi o‘rganildi. 16S rRNA genini PCR-Sanger usulida sekvensiyalash orqali izolatlar Bacillus velezensis (HM-1), Pseudomonas putida (HM-4) va Bacillus altitudinis (HM-7) turlariga mansubligi aniqlandi. FTIR va SEM-EDX natijalari hujayra devoridagi funksional guruhlarning metall ionlarini bog‘lashda ishtirok etishi va metall stressi sharoitida hujayra yaxlitligi saqlanishini ko‘rsatdi. Ajratilgan shtammlar metabolitlari Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Bacillus subtilis va Klebsiella pneumoniae patogenlariga qarshi antagonistik faollik namoyon etdi. Gentamitsin va ampitsillin bilan birgalikda qo‘llanganda antibiotiklar samaradorligi 2–4 baravarga oshib, sinergik ta’sir kuzatildi. Shuningdek, shtammlarning gemolitik faolligi yo‘qligi va o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi indol-3-sirka kislotasi (IAA) sintez qilishi tasdiqlandi. Natijalar ushbu mikroorganizmlardan sanoat chiqindilarini bioremediatsiya qilish va yangi antimikrob vositalar yaratishda foydalanish istiqbollarini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar

Bioremediatsiya og‘ir metallar chidamliligi S rRNA sekvensiyalash FTIR spektroskopiyasi SEM-EDX biosorbsiya Minimal Ingibitor Konsentratsiyasi (MIC) Fraktsion Ingibitor Konsentratsiyasi Indeksi (FICI) sinergizm Bacillus velezensis Pseudomonas putida.

Boshqa tillardagi variantlar

English

STUDY OF HEAVY METAL BINDING AND ANTIMICROBIAL PROPERTIES OF RESISTANT MICROBIAL STRAINS ISOLATED FROM INDUSTRIAL WASTEWATER AND SOILS

The rapid growth of industrial activities and technogenic factors has intensified environmental pollution with toxic heavy metals, creating serious ecological and biomedical challenges. This study investigated heavy metal-resistant microbial strains isolated from industrial wastewater and contaminated soils, focusing on molecular identification, biosorption of Pb²⁺, Cr⁶⁺ and Cd²⁺, FTIR and SEM-EDX characterization, and antimicrobial activity against multidrug-resistant pathogens. 16S rRNA sequencing identified the isolates as Bacillus velezensis (HM-1), Pseudomonas putida (HM-4) and Bacillus altitudinis (HM-7), with sequences deposited in NCBI GenBank. FTIR and SEM-EDX analyses confirmed the involvement of bacterial cell-surface functional groups in metal binding and demonstrated cell wall integrity under metal stress. The isolates exhibited strong antimicrobial activity against Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Bacillus subtilis and Klebsiella pneumoniae. In combination with gentamicin and ampicillin, they demonstrated synergistic effects, increasing pathogen susceptibility by 2–4 times. The strains also showed no hemolytic activity and demonstrated the ability to synthesize indole-3-acetic acid (IAA), a plant growth-promoting phytohormone. The findings highlight the potential of these microbial isolates for industrial waste bioremediation and the development of new antimicrobial agents in pharmaceutical biotechnology.
Bioremediation heavy metal tolerance S rRNA sequencing FTIR spectroscopy SEM-EDX biosorption Minimum Inhibitory Concentration (MIC) Fractional Inhibitory Concentration Index (FICI) synergism Bacillus velezensis Pseudomonas putida.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Gadd, G. M. (2010). Metals, minerals and microbes: geomicrobiology and bioremediation. Microbiology, 156(3), 609-643.
[2] Ali, H., Khan, E., & Sajad, I. (2019). Phytoremediation of heavy metals—concepts and applications. Chemosphere, 91(7), 869-881.
[3] Jain, R., et al. (2021). Heavy metal toxicity: Cellular mechanisms, oxidative stress, and counter-defense systems. Environmental Science and Pollution Research, 28(12), 14500-14519.
[4] Fu, F., & Wang, Q. (2011). Removal of heavy metal ions from wastewaters: A review. Journal of Environmental Management, 92(3), 407-418.
[5] Dixit, R., et al. (2015). Bioremediation of heavy metals from soil and aquatic environment: An overview of principles and criteria of fundamental processes. Sustainability, 7(2), 2189-2212.
[6] Nies, D. H. (2003). Efflux-mediated heavy metal resistance in prokaryotes. FEMS Microbiology Reviews, 27(2-3), 313-339.
[7] Raaijmakers, J. M., de Bruijn, I., Nybroe, O., & Ongena, M. (2010). Natural functions of lipopeptides from Bacillus and Pseudomonas: more than surfactants and antibiotics. FEMS Microbiology Reviews, 34(6), 1037-1062.
[8] World Health Organization (WHO). (2020–2025). Antimicrobial resistance: Global report on surveillance. Geneva: World Health Organization.
[9.]Osudaxon, Y., & Ilhomjon, Q. (2026). STRESSNING YURAK-QON TOMIR TIZIMI FIZIOLOGIYASIGA TA’SIRI. Advances in Science and Environment, 2(04), 3-4. https://doi.org/10.70728/envire.v02.i04.001
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar