“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.

Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni “Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2+ Sonlar
126+ Maqolalar
138+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

QO‘QON XONLIGI AHOLISINING MILLIY TARKIBI VA IJTIMOIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

Nashr sanasi
01.04.2026
Jurnal
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Nashr
“Yosh tadqiqotchilar va talabalar ilmiy faoliyatida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy ta’lim muammolari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.
Sahifalar
380-381
DOI
10.5281/zenodo.19468603

Mualliflar

Annotatsiya

Qo‘qon xonligi aholisi ko‘p millatli tarkibga ega bo‘lgan. Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etib, ular xonlikning turli shahar va qishloqlarida yashagan. Tojiklar ham muhim etnik guruh sifatida Farg‘ona vodiysi va uning atrofidagi hududlarda istiqomat qilgan. O‘zbeklar va tojiklar asosan o‘troq hayot tarzini olib borgan. Xonlikda siyosiy hokimiyat o‘zbeklarning ming urug‘iga mansub sulola qo‘lida bo‘lgan. Davlat boshqaruvida asosan o‘zbek amaldorlari faoliyat yuritgan. Shunga qaramay, rasmiy ish yuritishda fors tili keng qo‘llanilgan. Shu bilan birga, o‘zbek tilida ham hujjatlar yozilganligi til siyosatining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchi N. Petrovskiy Qo‘qon xonligi aholisining ijtimoiy va ma’naviy fazilatlarini alohida ta’kidlagan. Uning fikricha, xonlik aholisi ochiqko‘ngillik, bag‘rikenglik va samimiylik kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turgan.

Kalit so‘zlar

davlat boshqaruvi Qo‘qon xonligi aholi tarkibi o‘zbeklar tojiklar etnik guruhlar o‘troq hayot til siyosati diniy bag‘rikenglik ijtimoiy fazilatlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. История Узбекистана. Т III. … – С. 214-215
2. Гребенкинъ А. Мингъ // ТС. Т. 95. − С. 331-336.
3. Петровский Н. Очерки Коканского ханства… – С. 729-730.
4. Xudoyqulov T.D. XIX asrda Qo’qon xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti: Tarix fan. nomz…diss. – Toshkent: O’zMU, 2009. – B. 54
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar