Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar

Mazkur Respunlika illmiy-amaliy anjumani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026 yil 13-14 noyabr kunlari Turon universiteti Andijon filialida Iqtisodiyot va moliya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan.

1+ Sonlar
143+ Maqolalar
133+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

O‘ZBEKISTON TASHQI IQTISODIY ALOQALARINING STATISTIK TAHLILI: EKSPORT, IMPORT VA TASHQI SAVDO BALANSINING DINAMIKASI

Nashr sanasi
14.11.2026
Jurnal
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Nashr
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Sahifalar
682-688
DOI
10.5281/zenodo.24341015

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi eksport, import, tashqi savdo aylanmasi, savdo balansi va asosiy savdo hamkorlari ko‘rsatkichlari orqali tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida tashqi savdoning dinamikasi va geografik tarkibidagi o‘zgarishlar o‘rganiladi. 2025-yil yakunlari bo‘yicha dastlabki rasmiy ma’lumotlarda tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan, eksport 33,8 mlrd dollar, import esa 47,4 mlrd dollar bo‘lgan. 2024-yilga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 20,7 foizga oshgan. Tadqiqotda dinamik qatorlar, o‘sish sur’atlari, savdo balansi, eksportning importni qoplash koeffitsiyenti va savdo hamkorlari konsentratsiyasini baholash usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola tashqi savdoning miqdoriy o‘sishini eksport tarkibi, importning iqtisodiy vazifasi va savdo hamkorlariga bog‘liqlik bilan birgalikda baholash zarurligini asoslaydi.

Kalit so‘zlar

tashqi savdo eksport import tashqi savdo aylanmasi savdo balansi iqtisodiy ochiqlik savdo hamkorlari eksport diversifikatsiyasi O‘zbekiston

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Uzbekistan’s foreign trade turnover exceeded $81 billion in 2025. 22-yanvar, 2026.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Foreign trade turnover.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Export to other countries (annual).
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Import volume (annual).
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Foreign trade balance of goods and services (balance, annual).
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. TOP-10 countries in Uzbekistan’s foreign trade turnover.
7. United Nations. International Merchandise Trade Statistics: Concepts and Definitions 2010. United Nations, New York, 2011.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar