Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar

Mazkur Respunlika illmiy-amaliy anjumani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026 yil 13-14 noyabr kunlari Turon universiteti Andijon filialida Iqtisodiyot va moliya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan.

1+ Sonlar
143+ Maqolalar
133+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA MOLIYAVIY BARQARORLIK VA DAVLAT ISHTIROKINI OPTIMALLASHTIRISH: ZAMONAVIY STATISTIK VA EMPIRIK TAHLIL

Nashr sanasi
14.11.2026
Jurnal
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Nashr
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Sahifalar
296-304
DOI
10.5281/zenodo.24213735

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston bank tizimining moliyaviy barqarorligi, kredit ekspansiyasi, kapital yetarliligi, depozit bazasi va davlat ulushining bank sektoridagi resurslar taqsimotiga ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi bank sektorining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi omillarni aniqlash hamda davlat ishtirokini kamaytirish jarayonining kredit bozori, raqobat va moliyaviy barqarorlikka ehtimoliy ta’sirini baholashdan iborat. Tadqiqotda statistik, qiyosiy, institutsional, trend, benchmarking va empirik tahlil usullaridan foydalanildi. Markaziy bankning 2026-yil 1-avgust holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimi aktivlari 1 016,6 trln so‘m, kredit portfeli 644,6 trln so‘m, depozitlar 482,7 trln so‘m va kapital 150,6 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat ulushiga ega banklar jami aktivlarning 62 foizini, kreditlarning 65 foizini va depozitlarning 51 foizini egallagan. 2026-yil avgustida bank tizimining kapital yetarliligi 18,4 foizga, Tier 1 kapital yetarliligi 15,4 foizga yetdi. Shu bilan birga, 2026-yil 1-iyul holatida kreditlarning depozitlarga nisbati 136 foizni tashkil etib, bank tizimida depozitlardan tashqari moliyalashtirish manbalarining muhimligini ko‘rsatdi. IMFning 2026-yilgi baholashiga ko‘ra, davlat banklari hali ham bank aktivlarining qariyb 63 foizini nazorat qilmoqda va davlatning bank sektoridagi sezilarli ishtiroki raqobat hamda monetar transmissiyani cheklamoqda. Tadqiqot natijalari davlat banklarini xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni kuchaytirish, imtiyozli kreditlashni qisqartirish, kapital yetarliligi va kredit sifati bo‘yicha riskga asoslangan monitoringni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar

bank tizimi moliyaviy barqarorlik davlat banklari kapital yetarliligi kredit portfeli depozitlar NPL bank raqobati bank xatari xususiylashtirish O‘zbekiston

Boshqa tillardagi variantlar

Русский
В статье проводится комплексный анализ финансовой устойчивости банковской системы Узбекистана, кредитной экспансии, достаточности капитала, депозитной базы и влияния государственного присутствия на распределение финансовых ресурсов. Основной целью исследования является выявление факторов устойчивого развития банковского сектора и оценка потенциального влияния сокращения государственного участия на кредитный рынок, конкуренцию и финансовую стабильность. Используются статистический, сравнительный, институциональный, трендовый, benchmarking и эмпирический методы. По состоянию на 1 августа 2026 года активы банковской системы Узбекистана составляли 1 016,6 трлн сумов, кредитный портфель — 644,6 трлн сумов, депозиты — 482,7 трлн сумов, а капитал — 150,6 трлн сумов. Банки с государственным участием контролировали 62 процента активов, 65 процентов кредитов и 51 процент депозитов банковской системы. В августе 2026 года коэффициент достаточности капитала банковской системы составил 18,4 процента, а достаточность капитала первого уровня — 15,4 процента. При этом отношение кредитов к депозитам на 1 июля 2026 года составляло 136 процентов, что свидетельствует о значительной роли альтернативных источников финансирования банков. Согласно оценке МВФ 2026 года, государственные банки по-прежнему контролируют около 63 процентов банковских активов, а значительное присутствие государства ограничивает конкуренцию и эффективность денежно-кредитной трансмиссии. Результаты исследования подтверждают необходимость ускорения приватизации государственных банков, совершенствования корпоративного управления, постепенного сокращения льготного кредитования и внедрения риск-ориентированного мониторинга достаточности капитала и качества кредитного портфеля.
банковская система финансовая устойчивость государственные банки достаточность капитала кредитный портфель депозиты NPL банковская конкуренция банковский риск приватизация Узбекистан

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Central Bank of the Republic of Uzbekistan. (2026). Information on major indicators of commercial banks as of August 1, 2026.
2. Central Bank of the Republic of Uzbekistan. (2026). Capital adequacy of the banking sector.
3. Central Bank of the Republic of Uzbekistan. (2026). Information on major indicators of the banking sector as of July 1, 2026.
4. Central Bank of the Republic of Uzbekistan. (2026). Information on relative indicators of banking system.
5. Central Bank of the Republic of Uzbekistan. (2026). Financial Soundness Indicators.
6. International Monetary Fund. (2026). Republic of Uzbekistan: 2026 Article IV Consultation—Press Release and Staff Report.
7. International Monetary Fund. (2026). Uzbekistan: Staff Concluding Statement of the 2026 Article IV Mission.
8. International Monetary Fund. (2026). Republic of Uzbekistan: Selected Issues.
9. International Monetary Fund. (2026). State Owned Enterprises in Uzbekistan: Issues and Reform Options.
10. International Monetary Fund. (2025). Republic of Uzbekistan: Financial Sector Assessment Program—Financial System Stability Assessment.
11. World Bank. (2025). Uzbekistan Financial Sector Assessment.
12. Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks and banking systems.
13. International Monetary Fund. Financial Soundness Indicators Compilation Guide.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar