Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari

Namangan davlat pedagogika instituti hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali hamkorligida joriy yilning 10-avgust kuni "Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari" mavzusidagi II an’anaviy Respublika miqyosidagi konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

1+ Sonlar
200+ Maqolalar
200+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

O‘ZBEK ZARGARLIK TERMINLARINING SEMANTIK TARAQQIYOTI VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Nashr sanasi
25.08.2026
Jurnal
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Nashr
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Sahifalar
725-727
DOI
10.5281/zenodo.22127396

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot o‘zbek zargarlik terminlarining semantik taraqqiyoti, tematik tasnifi va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashga bag‘ishlangan. Zargarlik terminlari o‘zining nominativ vazifasi bilan bir qatorda xalqning tarixiy xotirasi, estetik qarashlari, urf-odatlari, oilaviy qadriyatlari va diniy-mifologik tasavvurlarini ifodalovchi muhim lingvomadaniy birliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda zargarlik terminlari semantik va funksional xususiyatlariga ko‘ra taqinchoqlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, bezak elementlari va marosim buyumlari kabi tematik guruhlarga ajratildi. Shuningdek, terminlarning semantik kengayishi, metaforizatsiya va ramziylashuv jarayonlari tahlil qilindi. Natijalar oltin, gavhar, javohir, marvarid kabi birliklarning bevosita predmet ma’nosidan tashqari ko‘chma va baholovchi ma’nolarda ham faol qo‘llanishini ko‘rsatdi. Tumor, tillaqosh, zebigardon, isirg‘a kabi milliy terminlar esa xalqning marosimiy va etnomadaniy tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqot zargarlik terminologiyasini xalqning moddiy va ma’naviy madaniyatini aks ettiruvchi yaxlit lingvomadaniy tizim sifatida baholash imkonini beradi.

Kalit so‘zlar

etnolingvistika lingvomadaniyat madaniy konsept metaforizatsiya milliy qadriyat ramziylashuv semantik taraqqiyot tematik tasnif zargarlik terminlari

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. / A. Madvaliyev tahriri ostida. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020.
2. Pardayeva I. Zargarlik terminlarining tematik tasnifi // Journal of Universal Science Research. – 2023. – Vol. 1, № 5. – B. 266–270.
3. Иброҳимов С. Фарғона шеваларининг касб-ҳунар лексикаси. – Тошкент: Фан, 1956. – 455 б.
4. Norbayeva, S. (2026, July). XORАZM SHEVАLАRI LEKSIKASIDА SUBSTRAT ASOSLI BIRLIKLAR: 10.52773/tsuull. conf. 2026.23. 05/EMTE8289. In Conferences (Vol. 1, No. 1).
5. Турсунов Т. Ўзбек тили амалий санъат лексикаси. – Тошкент: Фан, 1978. – 138 б.
6. Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. – Тошкент: Университет, 2000. – 615 б.
7. Shukurjon, N. (2016). Names of substances belonging to professional lexis in Khorezmian dialects borrowed from Iranian languages. European journal of Literature and Linguistics, (2), 14-16.
8. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019.
9. Madvaliyev A. O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.
10. Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor, 2006. – 91 b.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar