Filologiyaning dolzarb masalalari

Mazkur anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan bo'lib, Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan 2026-yil 13-14-oktabr kunlari o'tkazilgan.

1+ Sonlar
62+ Maqolalar
64+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

O‘ZBEK TILINING IJTIMOIY MUNOSABATLARDA TUTGAN O‘RNI

Nashr sanasi
14.10.2026
Jurnal
Filologiyaning dolzarb masalalari
Nashr
“Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Sahifalar
262-266
DOI
10.5281/zenodo.23670345

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek tilining ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati, uning jamiyat a’zolari o‘rtasidagi muloqot, o‘zaro hamkorlik hamda ijtimoiy aloqalarni shakllantirishdagi vazifalari yoritilgan. O‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, xalqning ma’naviy-madaniy qadriyatlarini saqlash va avloddan avlodga yetkazishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, davlat tili sifatida o‘zbek tilining ta’lim, davlat boshqaruvi, ommaviy axborot vositalari, madaniyat va kundalik hayotdagi mavqeyi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar

davlat tili ijtimoiy aloqa ijtimoiy munosabatlar jamiyat taraqqiyoti. ma’naviy qadriyatlar milliy madaniyat milliy o‘zlik muloqot o‘zbek tili til siyosati til va jamiyat

Boshqa tillardagi variantlar

Русский

РОЛЬ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА В СОЦИАЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЯХ

В данной статье освещаются роль и значение узбекского языка в социальных отношениях, а также его функции в формировании общения, взаимного сотрудничества и социальных связей между членами общества. Анализируется роль узбекского языка в осознании национальной идентичности, сохранении духовно-культурных ценностей народа и их передаче из поколения в поколение. Кроме того, рассматривается положение узбекского языка как государственного языка в сфере образования, государственного управления, средств массовой информации, культуры и повседневной жизни.
государственный язык духовные ценности коммуникация национальная идентичность национальная культура развитие общества. социальное взаимодействие социальные отношения узбекский язык язык и общество языковая политика
English

THE ROLE OF THE UZBEK LANGUAGE IN SOCIAL RELATIONS

This article examines the role and significance of the Uzbek language in social relations, as well as its functions in fostering communication, mutual cooperation, and social connections among members of society. It analyzes the role of the Uzbek language in developing national identity, preserving the spiritual and cultural values of the people, and transmitting them from one generation to another. In addition, the article discusses the status of the Uzbek language as the state language in the fields of education, public administration, mass media, culture, and everyday life.
Uzbek language communication language and society language policy national culture national identity social development. social interaction social relations spiritual values state language

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Berdialiev A. Sotsiolingvistika. – Toshkent: Nodirabegim, 2024. – 133 b.
2. Mo‘ydimov Q. Tilshunoslik asoslari. – Toshkent: Ilm nurli kitob, 2024. – 191 b.
3. Bobojonov F.K., Azimov I. Davlat tilida ish yuritish asoslari. – Toshkent: Yoshlar mediaprint, 2024. – 248 b.
4. Asilova G.A. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Publishing High Future, 2024. – 266 b.
5. Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Qurbonova M.M. Hozirgi o‘zbek tili. – Toshkent: Tafakkur avlodi, 2023. – 544 b.
6. G‘ulomova G., Rasulmuxamedova D., Xujanova G. O‘zbek tili. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023. – 192 b.
7. Mo‘ydinov Q.A., Shofqorov A.M., Tajiboyev B.R. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi. – Toshkent: Book Trade, 2022. – 115 b.
8. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Aminova A. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 432 b.
9. Abduazizov A.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent: Sharq, 2019. – 176 b.
10. Mahmudov N. Til. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. – 96 b.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar