O‘ZBEK TILI ANTROPONIMIYASIDA SO‘Z YASASHNING KONVERSIYA USULI
Nashr sanasi
23.06.2026
Jurnal
Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari
Nashr
Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (2026-yil, 23-iyun)
Sahifalar
548-550
Mualliflar
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek tili antroponimiyasida konversiya usuli asosida so‘z yasalishi masalasi yoritildi. Nominatsiya nazariyasi doirasida onomastik birliklarning shakllanishi, xususan, apellyativ leksikaning antroponimga aylanish jarayoni tahlil qilindi. Konversiyaning ichki va tashqi turlari ajratilib, turli so‘z turkumlarining atoqli ot vazifasiga o‘tishi misollar asosida ko‘rsatildi. Shuningdek, bunday birliklarda yuz beradigan semantik, morfologik va sintaktik o‘zgarishlar qisqacha tavsiflandi. Tadqiqot natijasida konversiya usuli o‘zbek onomastikasida muhim so‘z yasalish vositasi ekani asoslandi.
Kalit so‘zlar
antroponimiya
antroponimlashuv
apellyativ
konversiya
nominatsiya.
onomastika
otlashish
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Суперанская А. В. Стуктура имени собственного. Фонология и морфология. – Москва: “Наука”, 1969.
2. Ўзбек тили грамматикаси. 2 томли. – Тошкент: Фан, 1975.
3. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Фан, 1957.
4. Дўсимов З. Изучение лингвистических особенностей географических назвний. – Тошкент, 1989.
5. Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари. Тошкент: Фан, 1997.
6. Охунов Н. Ўзбекистон топонимияси. – Қўқон, 2005.
7. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек тили ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006.
8. Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 2013.
9. Бегматов Э. Ўзбек исмлари изоҳи. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2016.
10. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.