Mazkur maqolada 1918–1924 yillarda Turkiston Avtonom Sovet Sosialistik Respublikasi hududiga sharqiy slavyan diasporasi vakillarining koʻchib kelishi jarayonlari tarixiy manbalar va arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda migrasiyaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillari, aholining milliy tarkibida yuz bergan oʻzgarishlar hamda yangi kelgan aholining mahalliy jamiyat bilan munosabatlari oʻrganilgan. Shuningdek, sovet hokimiyatining koʻchirish siyosati, ma'muriy boshqaruv tizimida sharqiy slavyan aholisining ishtiroki va ularning respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta'siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari Turkiston ASSRda demografik jarayonlar va etnik munosabatlarning shakllanish xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
sharqiy slavyan diasporasi
migrasiya
Turkiston ASSR
demografik jarayonlar
etnik tarkib
koʻchirish siyosati
sovet hokimiyati
aholi harakati
milliy munosabatlar
mustamlakachilik merosi.