Maoqlada rus va o‘zbek xalq ertaklari materiali asosida antroponimlarning milliy olam manzarasining aks ettiruvchisi sifatidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot semantik, qiyosiy va kontekstual tahlil usullaridan foydalangan holda lingvokulturologik aspektda olib borilgan. Atoqli otlar va kishi isimlarining simvolikasi, ularning etnokulturolojik qadriyatlarni uzatishdagi roli hamda folklor matnidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Qiyosiy yondashuv ham umumiy folklor qonuniyatlarini, ham diniy, madaniy va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan ism qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari antroponimlar o‘ziga xos etnik dunyoqarashni shakllantiruvchi muhim madaniy axborot tashuvchisi ekanligini tasdiqlaydi.
antroponim
atoqli ot (ism)
etnomadaniyat
ismlar ramziyligi.
lingvokulturologiya
milliy olam manzarasi
o‘zbek folklori
rus folklori
xalq ertagi