Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni “Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar” mavzusida respublika konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

1+ Sonlar
86+ Maqolalar
91+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

INGLIZ MOTIVATSION MATNLARIDAGI ODAT SHAKLLANISHI KONSEPTINING OʻZBEKCHA TARJIMASI VA MAKTABGACHA TARBIYADAGI AHAMIYATI

Nashr sanasi
28.09.2026
Jurnal
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Nashr
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Sahifalar
73-77
DOI
10.5281/zenodo.23186019

Mualliflar

Annotatsiya

Maqolada J. Klirning “Atomic Habits” asarida odat shakllanishini ifodalovchi mualliflik atamalarining oʻzbekcha tarjimada berilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida asarning asliyati va S. Qosimova tarjimasi olindi; qiyos konseptual dekonstruksiya, qiyosiy rekonstruksiya va strategik baholash bosqichlaridan iborat uch bosqichli usul asosida olib borildi. Jami 33 ta mualliflik atamasi oʻrganildi va ularning tarjimasida kalka strategiyasi ustunlik qilishi aniqlandi. Eng koʻp qoʻllanadigan oʻn ikki atamadan yettitasi toʻliq, beshtasi qisman saqlangan; qisman saqlanish metaforik obrazning yoʻqolishi va madaniy lakuna bilan izohlanadi. Tahlil natijasida odat tarbiyasiga bevosita aloqador ikki atamada maʼno siljishi qayd etildi va bunday siljish maktabgacha taʼlim amaliyotida usulning notoʻgʻri qoʻllanishiga olib kelishi asoslandi. Ish yakunida maktabgacha taʼlim metodik adabiyoti uchun atamaviy tavsiyalar berildi.

Kalit so‘zlar

ekvivalent kalka konseptual tahlil maktabgacha taʼlim maʼno siljishi mualliflik atamasi odat shakllanishi odat tarbiyasi psixologik-motivatsion matn tarjima strategiyasi

Boshqa tillardagi variantlar

Русский
В статье анализируется передача авторских терминов, обозначающих формирование привычки, в узбекском переводе книги Дж. Клира «Atomic Habits». Материалом исследования послужили оригинал произведения и перевод С. Касымовой; сопоставление проведено по трёхэтапной методике, включающей концептуальную деконструкцию, сопоставительную реконструкцию и стратегическую оценку. Изучено 33 авторских термина; установлено преобладание стратегии калькирования. Из двенадцати наиболее употребительных терминов семь сохранены полностью, пять — частично; частичное сохранение объясняется утратой метафорического образа и культурными лакунами. В ходе анализа выявлен смысловой сдвиг в двух терминах, непосредственно связанных с воспитанием привычек, и обосновано, что такой сдвиг приводит к неверному применению приёма в практике дошкольного образования. В заключение предложены терминологические рекомендации для методической литературы дошкольного образования.
авторский термин воспитание привычек дошкольное образование калькирование концептуальный анализ переводческая стратегия психолого-мотивационный текст смысловой сдвиг формирование привычки эквивалент
English
The article analyses the rendering of the author’s terms denoting habit formation in the Uzbek translation of J. Clear’s “Atomic Habits”. The research material comprises the source text and the translation by S. Qosimova; the comparison was carried out through a three-stage procedure consisting of conceptual deconstruction, comparative reconstruction and strategic evaluation. Thirty-three author’s terms were examined, and the predominance of the calque strategy was established. Of the twelve most frequently used terms, seven were fully preserved and five partially; partial preservation is explained by the loss of the metaphorical image and by cultural lacunae. The analysis identified a semantic shift in two terms directly related to habit upbringing and demonstrated that such a shift leads to the incorrect application of the technique in preschool practice. The study concludes with terminological recommendations for the methodological literature of preschool education.
author’s term calque conceptual analysis equivalent habit formation habit upbringing preschool education psychological and motivational text semantic shift translation strategy

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Clear J. Atomic Habits: An Easy & Proven Way to Build Good Habits & Break Bad Ones. – New York: Avery, 2018. – 320 p.
2. Klir J. Atom odatlar / Tarj. S. Qosimova. – Toshkent: Nihol, 2021. – 295 b.
3. Covey S. R. The 7 Habits of Highly Effective People: Powerful Lessons in Personal Change. – New York: Free Press, 1989. – 381 p.
4. Kiyosaki R. T. Rich Dad Poor Dad: What the Rich Teach Their Kids About Money That the Poor and Middle Class Do Not! – Scottsdale: Plata Publishing, 2011. – 215 p.
5. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – 242 p.
6. Nida E. A. Toward a Science of Translating. – Leiden: E. J. Brill, 1964. – 331 p.
7. Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall, 1988. – 292 p.
8. Vygotsky L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. – 159 p.
9. Deci E. L., Ryan R. M. Intrinsic Motivation and Self-Determination in Human Behavior. – New York: Plenum Press, 1985. – 371 p.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar