IJTIMOIY TARMOQ MATNLARIDA TINISH BELGILARINING DISTANSIYALANISHINING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Nashr sanasi
14.10.2026
Jurnal
Filologiyaning dolzarb masalalari
Nashr
“Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
Sahifalar
1198-1203
Mualliflar
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ijtimoiy tarmoq matnlarida tinish belgilarining distansiyalanish hodisasi kommunikativ-pragmatik va emotsional-ekspressiv nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tinish belgilarining distansiyalanishi deganda yozma nutqning an’anaviy grafik me’yoriga ko‘ra gapning oxirgi harfiga bevosita birikishi lozim bo‘lgan tinish belgisining undan bo‘sh joy yordamida ajratilishi tushuniladi. Mazkur hodisa an’anaviy yozma nutqda, odatda, punktuatsion me’yorning buzilishi sifatida baholansa-da, ijtimoiy tarmoq diskursida u muayyan kommunikativ va pragmatik vazifalarni bajarishi mumkin. Tadqiqotda distansiyalanishning grafik, sintaktik, kommunikativ-pragmatik hamda emotsional-ekspressiv xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, bo‘shliqning oddiy texnik xato emas, balki ayrim hollarda muallifning munosabati, pauzasi, ta’kidlanishi yoki emotsional holatini ifodalovchi paralingvistik vosita sifatida namoyon bo‘lish imkoniyati tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek virtual matnlari misolida hodisaning funksional xususiyatlari qiyosiy jihatdan yoritiladi.
Kalit so‘zlar
punktuatsiya
tinish belgisi
distansiyalanish
ijtimoiy tarmoq matni
virtual diskurs
kommunikativ-pragmatik funksiya
emotsional-ekspressiv funksiya
grafik vosita
bo‘shliq
paralingvistik vosita
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Crystal D. Language and the Internet. 2nd ed. Cambridge: Cambridge University Press, 2006.
2. Herring S. C. Computer-Mediated Discourse Analysis: An Approach to Researching Online Behavior // Designing for Virtual Communities in the Service of Learning. Cambridge: Cambridge University Press, 2004. P. 338–376.
3. McCulloch G. Because Internet: Understanding the New Rules of Language. New York: Riverhead Books, 2019.
4. Baron N. S. Always On: Language in an Online and Mobile World. Oxford: Oxford University Press, 2008.
5. Nazarov K. O‘zbek tili punktuatsiyasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1976.
6. Тарасова А. Н. Особенности пунктуации и графики сетевых текстов (на материале татарского, русского и английского языков): автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата филологических наук. Елабуга, 2015.
7. Тарасова А. Н. Синергия вопросительного и восклицательного знаков в сетевых текстах (на материале татарского, русского и английского языков) // Вестник Вятского государственного гуманитарного университета.
8. Lazebna O. A. Social Networking Means of Compression (Based on English) // Наукові записки Національного університету «Острозька академія»: серія «Філологія». 2016. № 61.