Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar

Mazkur Respunlika illmiy-amaliy anjumani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026 yil 13-14 noyabr kunlari Turon universiteti Andijon filialida Iqtisodiyot va moliya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan.

1+ Sonlar
143+ Maqolalar
133+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH DASTURLARINING KICHIK BIZNES IQTISODIY SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASH: ANDIJON VILOYATI MISOLIDA

Nashr sanasi
14.11.2026
Jurnal
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Nashr
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Sahifalar
383-390
DOI
10.5281/zenodo.24278586

Mualliflar

Annotatsiya

Mazkur maqolada kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini baholashning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotda davlat ko‘magining moliyaviy, institutsional, fiskal, infratuzilmaviy va maslahat xizmatlari shakllari o‘zaro bog‘liq iqtisodiy mexanizmlar sifatida ko‘rib chiqiladi. An’anaviy yondashuvlardan farqli ravishda, davlat dasturlari samaradorligini faqat ajratilgan kreditlar, subsidiyalar yoki imtiyozlar hajmi orqali emas, balki ularning korxonalarning ishlab chiqarish unumdorligi, daromadlari, bandlik yaratish salohiyati, investitsion faolligi va bozordagi barqarorligiga ta’siri orqali baholash taklif etiladi. Andijon viloyati tadqiqot hududi sifatida tanlanib, kichik biznesning hududiy iqtisodiyotdagi o‘rni rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tavsifiy tahlil qilinadi. Davlat dasturlari samaradorligini aniqlash uchun propensity score matching (PSM), difference-in-differences (DiD), panel regressiya va kompozit indeks usullarini integratsiyalashgan holda qo‘llash metodologiyasi ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijasida davlat ko‘magining qo‘shimcha iqtisodiy samarasini aniqlash, moliyaviy resurslarning natijadorligini baholash va hududiy xususiyatlarga mos qo‘llab-quvvatlash mexanizmini shakllantirish bo‘yicha ilmiy yondashuv asoslanadi.

Kalit so‘zlar

kichik biznes davlat qo‘llab-quvvatlashi iqtisodiy samaradorlik davlat dasturlari moliyaviy mexanizm institutsional muhit iqtisodiy qo‘shimcha samara ekonometrik baholash Andijon viloyati

Boshqa tillardagi variantlar

English
This article examines the theoretical and methodological foundations for assessing the impact of government support programmes on the economic performance of small businesses. It proposes an integrated framework that evaluates financial, institutional, fiscal, infrastructural and advisory support not merely by the volume of public resources allocated, but by their contribution to firm productivity, employment, investment, revenue growth and business sustainability. Andijan region of Uzbekistan is selected as the empirical context. Official statistical indicators are used to describe the economic significance of small businesses. A methodological framework combining propensity score matching, difference-in-differences, panel regression and composite performance indicators is proposed to identify the additional economic effects of government intervention. The study emphasizes the importance of distinguishing between the scale of government support and its actual economic impact. It contributes to the development of a result-oriented evaluation framework that accounts for enterprise characteristics and regional economic conditions.
small business government support economic performance public support programmes institutional environment additionality econometric evaluation regional development.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Criscuolo, C., Martin, R., Overman, H. G., & Van Reenen, J. (2019). Some Causal Effects of an Industrial Policy.
2. Howell, S. T. (2017). Financing Innovation: Evidence from R&D Grants.
3. OECD. (2023). OECD SME and Entrepreneurship Outlook 2023.
4. World Bank. (2022). Small and Medium Enterprises (SMEs) Finance.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-366-son qarori. Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida.
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. SIAT statistik ma’lumotlar bazasi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. SIAT statistik ma’lumotlar bazasi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-son qarori. Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar