BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA FOLKLOR ASOSIDAGI IJODIY TOPSHIRIQLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING BADIIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Nashr sanasi
28.09.2026
Jurnal
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Nashr
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Sahifalar
358-361
Mualliflar
Annotatsiya
Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim jarayonida bolalar folklori namunalariga asoslangan ijodiy topshiriqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Folklor namunalari asosida tashkil etiladigan ijodiy topshiriqlarning o‘quvchilarda obrazli tafakkur, tasavvur, badiiy idrok, estetik did, mustaqil fikrlash va ijodiy ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Ertak, topishmoq, tez aytish, maqol va o‘yin folklori materiallari asosida qayta yaratish, davom ettirish, muqobil yakun tuzish, obrazni tavsiflash, vaziyatni modellashtirish va yangi badiiy mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi taklif etilgan. Folklor materiallaridan foydalanishda o‘quvchining tayyor namunani takrorlashi emas, balki uning mazmunini ijodiy qayta talqin qilishi va mustaqil badiiy mahsulot yaratishiga ustuvor ahamiyat berish zarurligi asoslangan
Kalit so‘zlar
badiiy qobiliyat
badiiy tafakkur
bolalar folklori
boshlang‘ich ta’lim
estetik did
ijodiy faoliyat
ijodiy topshiriq
obrazli tafakkur
tasavvur
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Tursunova M.A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativligini shakllantirishda xalq og‘zaki janrlarning o‘rni // Tadqiqotlar: jahon ilmiy-metodik jurnali. – 2025. – 59-son, 1-to‘plam. – B. 139–142.
2. Inoyatova D.Q. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishda badiiy obrazlarning o‘rni // Zenodo, 2025. – B. 1–7.
3. Safarova N. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy asarlar yordamida ijodiy tafakkurini rivojlantish // Yangi O‘zbekiston pedagoglari axborotnomasi. – 2023. – 1-jild, 2-son. – B. 59–60.
4. Kaxarova G.S. Musiqiy folklor boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vositasi sifatida // Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – B. 34–38.
5. Adizova N., Nematova M. Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodini o‘qitishda integratsion metodlar // Maktabgacha va maktab ta’limi. – 2025. – № .... – B. ....