Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2026-yilda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq, 2026-yil 15-iyun kuni Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

1+ Sonlar
31+ Maqolalar
35+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

AXSIKENT SHAHRINING SHAKLLANISHI VA FARG‘ONA VODIYSI URBANIZATSIYASI TARIXIDAGI O‘RNI

Nashr sanasi
15.06.2026
Jurnal
Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar
Nashr
«Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari (2026-yil, 15-iyun)
Sahifalar
144-152
DOI
10.5281/zenodo.21041768

Mualliflar

Annotatsiya

Ushbu maqolada qadimgi Farg‘ona vodiysining yirik shahar madaniyati markazlaridan biri bo‘lgan Axsikent shahrining shakllanish tarixi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada Axsikentning tabiiy-geografik joylashuvi, Sirdaryo bo‘yidagi strategik mavqeyi, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo aloqalari uning shahar sifatida rivojlanishida muhim omil bo‘lgani yoritiladi. Shuningdek, Axsikentning Buyuk Ipak yo‘li tizimidagi o‘rni, o‘rta asrlardagi ark, shahriston va raboddan iborat shaharsozlik tuzilmasi, iqtisodiy-madaniy hayoti hamda mudofaa tizimi tahlil etiladi. Maqolada mo‘g‘ullar bosqini, temuriylar davri va keyingi tarixiy jarayonlarning shahar taraqqiyoti hamda inqiroziga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida Axsikent Farg‘ona vodiysi urbanizatsiyasi, qadimgi davlatchilik an’analari va moddiy madaniyat tarixini o‘rganishda muhim arxeologik yodgorlik ekani asoslanadi

Kalit so‘zlar

Axsikent Buyuk Ipak yo‘li Farg‘ona vodiysi Sirdaryo arxeologik yodgorlik hunarmandchilik qadimgi shahar shaharsozlik shahriston urbanizatsiya Axsi ark rabod savdo aloqalari moddiy madaniyat.

Boshqa tillardagi variantlar

English
This article analyzes the historical formation of Akhsikent, one of the major centers of ancient urban culture in the Fergana Valley. The study highlights the role of Aksikent’s natural and geographical location, its strategic position along the Syr Darya River, irrigated agriculture, craftsmanship, and trade relations in the development of the city. The article also examines Akhsikent’s place within the Great Silk Road system, its medieval urban structure consisting of the citadel, shahristan, and rabad, as well as its economic, cultural, and defensive features. Particular attention is paid to the impact of the Mongol invasion, the Timurid period, and subsequent historical processes on the development and decline of the city. The study concludes that Akhsikent is an important archaeological monument for understanding the urbanization of the Fergana Valley, ancient statehood traditions, and the history of material culture.
Akhsikent Fergana Valley archaeological monument shahristan urban planning urbanization Akhsi ancient city Syr Darya Great Silk Road citadel rabad craftsmanship trade relations material culture.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Axunova M. Axsikent yodgorligi – “Farg‘ona Afrosiyobi”: arxeologik izlanishlar va tadqiqotchilar faoliyatida // Образование, наука и инновационные идеи в мире. – 2023. – T. 35. – №8. – B. 88–90.
2. Egamberdiyeva N. A. Arxeologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2011.
3. Madrahimov Z. Tarixiy toponimika. – Toshkent: Navro‘z, 2018.
4. Mahmudov M. N. Farg‘ona vodiysida joylashgan Axsikent va Mingtepa yodgorliklarining arxeologik va etnografik qiyofasi // Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi. – 2025.
5. Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fond materiallari. Axsikent arxeologik yodgorligiga oid ma’lumotlar, topilmalar va ilmiy izohlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi materiallari. Axsikent arxeologik yodgorligi va uning muhofazasi bo‘yicha rasmiy axborotlar.
7. Xolboyev Z., Alimov A. O‘zbekistonning arxeologiya yodgorliklari. – Toshkent: Tafakkur qanoti, 2014.
8. Xoldorov J. Axsikent arxeologik yodgorligini o‘rganish tarixi // International Sciences, Education and New Learning Technologies. – 2024.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar